Yevropada Erasmus+ dasturi doirasida yana bir uchrashuv
Yurtimizda Yevropa mamlakatlari tajribalarini o‘rganish va taʼlim jarayonlariga qo‘llash bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ayni vaqtda ko‘plab xalqaro loyihalarning koordinatori va ijrochi tashkiloti sifatida salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Ulardan biri Yevropa ittifoqi Erasmus+ dasturining “MechaUZ: o‘zbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida moderinizatsiya qilish” (MechaUZ: Modernization of Mechatronics and Robotics for Bachelor degree in Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology) xalqaro loyihasi hisoblanadi.
Loyiha 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining mavjud “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat taʼlim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash holatini o‘rganish, zamonaviy talab va takliflar asosida yangi taʼlim yo‘nalishini ochish, mavjud taʼlim yo‘nalishlarini moderinizatsiya qilish, o‘quv laboratoriyalarni zamonaviy moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash, shuningdek ushbu yo‘nalishda o‘qituvchilarni malakasini oshirish nazarda tutilgan edi.
Yuqorida belgilangan vazifalarni bajarilishini nazorat qilish va o‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida 2022-yil 30-maydan 5-iyungacha bo‘lgan muddatda Litvaning Vilnius shahridagi “Vilnius Gedimino” texnika universitetida (Ma’lumot uchun ushbu universitet QS: butun jahon universitetlar reytingida 2022 yil bo‘yicha 751-800 o‘rinni egallagan) yuzma yuz uchrashuv tashkil etilishi rejalashtirilgan edi va bu uchrashuv kutilganidek joriy yilning 30-may oyida strat oldi. Ushbu uchrashuvda Yevropa davlatlarining 6 ta oliy taʼlim muassasasidan va O‘zbekiston Respublikasining 6 ta Oliy taʼlim muassasasidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligidan vakillar ishtirok etmoqda.
Loyiha doirasidagi hamkor taʼlim muassasalari:
- Xalqaro Xellenik universiteti, Gretsiya
- Janubiy-Sharqiy Yevropa tadqiqot markazi, Gretsiya
- Vilnyus Gediminas texnika universiteti, Litva
- Liepaya universiteti, Latviya
- Vidzeme amaliy fanlar universiteti, Latviya
- Viana-du-Kashtelu politexnika instituti, Portugaliya
- Аndijon mashinasozlik instituti, O‘zbekiston
- Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, O‘zbekiston
- Farg‘ona politexnika instituti, O‘zbekiston
- Toshkent axborot texnologiyalari universtiteti, O‘zbekiston
- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, O‘zbekiston
- Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston
- Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, O‘zbekiston
Uchrashuvda O‘zbekistondan jami 35 nafar vakillar, jumladan Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan 5 nafar, Kompyuter injiniringi fakulteti dekani Xalimjon Xujamatov, Xalqaro hamkorlik bo‘imi Xalqaro loyihalar bo‘yicha koordinatori Javlonbek Abdujalilov, Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi dotsenti Doston Hasanov, Sun’iy intellekt kafedrasi dotsenti Ibrohimbek Yusupov hamda Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi doktoranti Yernazar Reypnazarovlar ishtirok etmoqdalar.
Tashrif doirasida Xalqaro hamkorlik ofis direktori Aušra Pelėdienė hamda Fundamental fanlar fakulteti dekani Dalius Mažeika bilan ikki universitet o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga Biomexanika muhandisligi kafedrasi mudiri professor Julius Griškevičius bilan Erasmus+ dasturi doirasida Biotibbiyot muhandisligi ta’lim yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilish kelishib olindi.