Xotin-qizlar maslahat kengashi tanlov e'lon qiladi

  • Asosiy
  • Xotin-qizlar maslahat kengashi tanlov e'lon qiladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tanlov e'lon qiladi

Joriy yil 1-mart o'zbek adabiyotining ulug' namoyondalaridan biri, haqiqiy o'zbek ayoli timsoli Zulfiyaxonimning 107 yilligi munosabati bilan talaba qizlar órtasida "Zulfiya izdoshlari" tanlovi ótkaziladi. Tanlovga qatnashish uchun Zulfiya Isroilovaning she'rlaridan ifodali o'qib, video lavhasini jo'natishi , hamda yozgan she'rlari va shoiraning hayoti haqida ma'lumot to'plab aytib berishi kerak va (99) 8127599 raqam telegram manziliga jo'natishi zarur.
Tanlovga materiallarni qabul qilish 28-fevral kuni soat 18:00 gacha davom etadi.
G'oliblar 1-mart kuni TATU rasmiy kanalida e'lon qilinadi.

G'olib bo'lgan talabalar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

✅Ma'lumot uchun: (99) 8127599 ushbu telefon raqami bilan bog'lanishingiz mumkin!