Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Ulug‘bek G‘iyosov tomonidan II Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasining 3D muhitini yaratildi.
Loyihaning asosiy maqsadi - II Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasini virtual shaklga o‘tkazish va bu orqali nafaqat o‘quvchi va kitobxonlar uchun, balki nashriyot sohasi mutaxassislarga ham mo‘ljallangan va ijtimoiy masofa sharoitida madaniy integratsiyani kuchaytirish, festival ishtirokchilarini masofadan bog‘lash, elektron formatdagi nashriyot mahsulotlarini namoyish etish, tajriba va bilim almashish uchun noyob raqamli platformani taqdim etishdan iboratdir. Shuningdek, loyihaning qulayliklaridan yana biri - vaqt va zamon oralig‘ida bir makondan ikkinchi makonga teleportatsiya obekti yordamida o‘tish mumkin.
Tadqiqot davomida Frankfurter Buchmesse 2020, EduCanada Virtual Fair 2020, Helsinki Book Fair, International Istanbul Book Fair 2020, Children’s Book Fair (CCBF) 2020 kabi dunyoga mashhur xalqaro kitob ko‘rgazmalari o‘rganilgan.
Mazkur virtual 3D dasturiy tizimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida testlash va joriy qilish natijasida quyidagi amaliy natijalar qayd etilgan:
- virtual muhitlar uchun 3D obyektlarini, xususan eksteryer, interyer va personajlarning dizayni va geometrik modellari yaratilgan hamda ularning kompyuterli algoritmlari ishlab chiqilgan;
- virtual stendlarda kitoblar haqidagi maʼlumotlardan tashqari taqdimotlar va videofayllar namoyish etildi. Axborotni taqdim etishda qulay interfeysli stend-bootlar yaratildi;
- virtual artifakt va 3D primitivlar muhiti uchun foydalanuvchi virtual borliq tizimi ishlab chiqilgan;
- virtual dasturiy tizimida 3D obyektlarni sifat ko‘rsatkichini yo‘qotmasdan ta’sir etuvchi Mesh type PR (ko‘pburchak poligonlari hajmini kamaytirish) va Simplify poly (poligonlar sonini soddalashtirish) uchun algoritmlar ishlab chiqilgan;
Hozirgi kunda Ulug‘bek G‘iyosov virtual 3D platforrmani milliy modelini yaratish va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun qo‘llash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Loyiha haqida batafsil quyidagi havolalar orqali tanishib olishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?
v=vNK5Xj0SE5M&list=PLvGhHy050o7MLV0cs_z_XiyGDJL2GKnU7&index=2
https://www.youtube.com/watch?v=sz9nXueJVg0&feature=youtu.be