VIANA DO CASTELODA ERASMUS+ DASTURI DOIRASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV
Xabaringiz bor yaqinda Yevropa ittifoqi Erasmus+ dasturining “MechaUZ: o‘zbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida moderinizatsiya qilish” (MechaUZ: Modernization of Mechatronics and Robotics for Bachelor degree in Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology) xalqaro loyihasi doirasida Litvaning Vilnius shahridagi “Vilnius Gedimino” texnika universitetida yuzma yuz uchrashuv tashkil etilgan edi. Loyiha ishtirokchilarining dunyo bilan hamnafas bo‘lishlari, ushbu yo‘nalishda rivojlangan o‘quv yurtlarining tajribalarini o‘rganishlari hamda ularni yurtimizda joriy qilishlarini ta’minlash maqsadida bunday uchrashuvlarni tashkil etish davom etirilmoqda.
Xususan Litvaning Vilnius shahridagi “Vilnius Gedimino” texnika universitetiga qilingan esda qolarli safardan so‘ng Yevropaning yana bir yuqori reytinga ega o‘quv yurtlaridan biri Portugaliyaning Viano do Castello Politexnika institutida 2022-yilning 18-22 iyul kunlarida butun loyiha ishtirokchilarining navbatdagi to‘rtinchi yuzma yuz uchrashuvi, shuningdek ikkinchi training tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda doimgidek Yevropa ittifoqining 6ta, O‘zbekiston Respublikasining 6 ta Oliy taʼlim muassasalaridan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligidan vakillar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda O‘zbekistondan jami 35 nafar vakillar, jumladan Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan 5 nafar, O‘tkir Xamdamov, Hakimjon Zayniddinov, Jamshid Sultonov, Oybek Jo‘rayev hamda Feruz Tojievalar ishtirok etdilar.
Ushbu uchrashuv ikki bosqichda o‘z faoliyatini amalga oshirdi. Birinchi bosqichda loyihani bajarilishi bo‘yicha hisobotlar, loyihani amalga oshirishda duch kelinayotgan muammolar, ularning yechimlari muhokamalariga bag‘shlandi. Unda asosan loyiha yetakchilari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etib, fikrlarini baham ko‘rdilar.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki mexatronika sohasidagi yangi yutuqlarni akkreditatsiya va sertifikatlashtirish jarayoni muhim masalalardan biri sanaladi va ushbu masalada Toshkent Axborot Texnologiyalri Universiteti professori O‘tkir Hamdamov O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari ta’lim yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi bo‘yicha nutq so‘zlab, ushbu masala bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek loyihaning har bir universitetdagi yetakchilari tomonidan quyidagi qator masalalar muhokama etildi:
- Yangi bakalavr dasturini dasturini yakunlash;
- iLab-larni yaratish jarayonlari va hozirgi holati;
- Loyiha barqarorligini ta’minlash;
- Sifat nazorati va monitoring;
- Loyihaning kommunikatsiyasi, yangiliklari va imiji;
- Moliyaviy boshqaruvdagi muammolar.
Loyihaning ikkinchi bosqichida mexatronika va robotatexnika bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etilib, unda Viano do Castello Politexnika instituti professorlari turli mavzularda ma’ruzalari bilan loyiha ishtrokchilari malakalarini oshirishga xizmat qildilar.
Safar davomida loyiha ishtirokchilari uchun ko‘ngil ochar tadbirlar, shahar markazlari hamda turistik zonalariga sayohatlar tashkil etildi. Umumman olganda ushbu uchrashuv loyiha ishtirokchilari uchun zarur fikrlar, yechimlar, yangi bilimlar va yuqori ta’surotlar bera oldi.