7-8 aprel kunlari Toshkentaxborot texnologiyalari universitetida Yevropa ittifoqi TEMPUS dasturi asosida "Markaziy Osiyoda Muhandislik ta’limi sifati” QUEECA loyihasining yakuniy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, UzbyuroKYeS, O‘zbekistondagi milliy Erasmus+ ofisi vakillari, Italiya,Germaniya, Belgiya, Portugaliya, Frantsiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonlik loyiha hamkorlari hamda TATU va TDTU professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
QUEECAloyihaning maqsadi: hamkor mamlakatlarda oliy ta’limni isloh etish va modernizatsiyalash, uning sifati va samaradorligini oshirish, xalqaro xamkorlik uchun sharoit yaratish va uzluksiz modernizatsiya jarayoni va inson resurslarini rivojlantirish, YeI va hamkor mamlakatlarning xalqlari va madaniyati o‘rtasidagi o‘zaro hamfikrlikni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir (loyiha muddati: 15.10.2012 y.-14.04.2016y. etib belgilangan)
Anjumanda Portugaliyaning IZEL universiteti professori José Carlos Quadrado, Florentsiya universiteti professori Prof. Claudio Borri, Laura Giunti, Alfred Skvortsoni, Frantsiyaning SEFI universiteti vakili Anne Marie Jolly, RossiyaningASIIN vakili Mariya Velikopolskaya, Qozog‘iston davlat texnik universitetidan Saule Raxmetullina, Qirg‘iziston "EdNet" mustaqil akkredatsiya agentligi vakillari Onola Umankulova, Cholpon Maxmudova, Qirg‘iziston fan va ta’lim vazirligi vakili Susara Alыnbekova, Qirg‘iziston davlat qurilish, transport va arxitektura universitetidan Saydulla Abыlov, Erasmus+ dasturining O‘zbekistondagi ofisi koordinatori Aziza Abduraxmonova va TATU va TDTU professor-o‘qituvchilari va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdilar. Anjumanni TATU rektori O‘.R.Xamdamov ochib berdi.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Loyiha, oliy texnik ta’limda olingan bilim va ko‘nikmalarni eng samarali akademik va professional e’tirof etish vositalaridan biri bu xalqaro akkreditatsiya ekanligini ko‘rsatdi. O‘tgan davr mobaynida ta’lim dasturlarini akkreditatsiyalashning asosiy xususiyatlari aniqlandi va o‘rganib chiqildi. Xususan, Respublikada ilk marotaba TDTUda "Elektronika va asbobsozlik” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash ta’lim dasturi bo‘yicha pilot akkreditatsiya o‘tkazilib, sertifikat va Muhandislik ta’limi sohasida akkreditatsiyalash Yevropa tarmog‘i hamda Rossiya muhandislik ta’limi assotsiatsiyasi sifat belgilari olindi. Shu bilan bir qatorda, TDTU va TATUdan (12 nafar) ishtirokchilar muhandislik ta’limi dasturini akkreditatsiyalash bo‘yicha seminar-trening kurslaridan o‘tdi va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishdi.