TATU TALABALARI SOHAVIY KORXONADA AMALIY TAJRIBA ORTTIRIŞDI!

  • Asosiy
  • TATU TALABALARI SOHAVIY KORXONADA AMALIY TAJRIBA ORTTIRIŞDI!

 

TATU TALABALARI SOHAVIY KORXONADA AMALIY TAJRIBA ORTTIRIŞDI!

🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining “Radio va mobil aloqa” fakulteti talabalari uçun navbatdagi amaliy maşğulot işlab çiqariş muhitida taşkil etildi.

📍 29-oktabr kuni 4-kurs “Mobil aloqa texnologiyalari” ta’lim yönalişining 830 va 831-23 MTo‘ guruhlari talabalari “Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi” MÇJda “Mobil aloqa tarmoqlarini loyihalaş” fanidan amaliy maşğulotda iştirok etdilar.

🔺 Maşğulot davomida talabalar korxonaning faoliyati, sohadagi amaliy jarayonlar va telekommunikatsiya infratuzilmasi bilan yaqindan tanişib, nazariy bilimlarini real iş jarayonlari bilan mustahkamlaş imkoniyatiga ega böldilar.

🤝 Bunday amaliy maşğulotlar ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini rivojlantiriş, talabalarning kasbiy könikmalarini şakllantiriş hamda soha uçun malakali mutaxassislar tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.