TATU talabalari “InnoWeek.Uz – 2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasidagi körgazmada!

  • Asosiy
  • TATU talabalari “InnoWeek.Uz – 2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasidagi körgazmada!

TATU talabalari “InnoWeek.Uz – 2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasidagi körgazmada!

🌐 27–29-oktabr kunlari “InnoWeek.Uz – 2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida ötqazilgan xalqaro innovatsion mahsulotlar körgazmasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari ham iştirok etdilar.

🟪“Central Asian Expo” (CAEx) majmuasida taşkil etilgan körgazmada talabalar mahalliy va xorijiy kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan zamonaviy raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt işlanmalari, robototexnika loyihalari hamda innovatsion dasturiy yeçimlar bilan yaqindan tanişdilar.

🔬 Körgazma davomida talabalar zamonaviy texnologiyalarning işlaş tamoyillarini örganib, ayrim dasturiy yeçimlarni bevosita sinovdan ötkazdilar. Şuningdek, startap ekotizimi, innovatsion ğoyalarni tijoratlaştiriş va yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etiş imkoniyatlari bilan tanişdilar.

🤝 Tadbir doirasida talabalar soha mutaxassislari, innovatorlar va kompaniya vakillari bilan fikr almaşib, xalqaro tajribalarni örganiş hamda kelgusidagi innovatsion loyihalar uçun yangi ğoyalar oliş imkoniyatiga ega böldilar.

✨ Mazkur körgazma talabalarning innovatsion tafakkurini rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarga bölgan qiziqişini oşiriş va nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitişga xizmat qildi.

🚀 Innovatsiyalar — yangi ğoyalar va katta imkoniyatlar sari qadam!