HURMATLI TALABALAR !!!

  • Asosiy
  • HURMATLI TALABALAR !!!

HURMATLI TALABALAR !!!

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish maqsadida 2022-2023-o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

✅Mazkur “Yo‘l xaritasi”ning 4.2-bandidagi vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida, talabalar o‘rtasida “Insonning ma’naviy va madaniy saviyasi uning qonunlarga og‘ishmay amal qilishida namoyon bo‘ladi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun 2023-yil 5 aprelga qadar “Insonning ma’naviy va madaniy saviyasi uning qonunlarga og‘ishmay amal qilishida namoyon bo‘ladi” mavzusida insho yozib, Iqtidorli talabalar bo‘limiga (S-bino, 5-qavat, 441-xonaga) taqdim etishingiz so‘raladi.

🇺🇿🇷🇺🇬🇧Tanlovga taqdim etilgan materiallar o‘zbek, rus, qoraqalpoq, ingliz tillarida bo‘lishi mumkin.