
TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.
Qarorda oliy ta’lim muassasalarining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish, ta’mir talablarini rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.
Xususiy tashabbuskor «GOLDEN AGE 2022» MChJ tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali hududida 400 o‘rinli talabalar turar joyini davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurish, jihozlash va boshqarish tashabbusi bildirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-537-son Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU tomonidan joriy yilning 16-martida tasdiqlangan. Xususiy tashabbuskor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali talabalarini zamonaviy shinam turar joy bilan ta’minlashni rejalashtirilgan.
Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so‘rov va takliflarini 2022-yil 29-aprel Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari lozim.
Qiziqish bildirish uchun so‘rov formasi
Qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Qarshi-Beshkent yo‘li, 3-km., E-mail: tatu_karshi@mail.ru, veb-sayt: tuitkf.uz, Telefon raqami: 75 228 02 32, 90 720 05 75;
- Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 16-uy, E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz, AbduvoxidX@ppp.mf.uz, Tel: 71-203-03-07 (701).
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkazadi.