Respublika ilmiy-texnik konferensiya

  • Asosiy
  • Respublika ilmiy-texnik konferensiya

“MATEMATIK MODELLASHTIRISH, ALGORITMLASH VA DASTURLASHNING DOLZARB MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-TEXNIK KONFERENSIYA

press-relizi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2023-yilning 14-15-sentabr kunlari professor Sh.А.Nazirov xotirasiga bagʼishlangan “Matematik modellashtirish, algoritmlash va dasturlashning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-texnik konferentsiyasi boʼlib oʼtadi.

Tadbir nomi va maqomi: Respublika ilmiy-texnik konferensiya.

Tashkilotchilar: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. 

O‘tkazilish joyi: Konferensiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadi. Konferensiya offlayn va onlayn rejimlarda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Sana: 2023 yil 14-15 sentabr.

Maqsadlar: Konferentsiyaning maqsadi olimlarning ilmiy izlanishlarini birlashtirish, zamonaviy ilm-fanda matematik modellashtirish va algoritmlashning muammolari boʼyicha tajriba almashish hamda bu tajribani yosh tadqiqotchilarga yetkazishdan iborat.

Konferensiya seksiyalarda keng ko‘lamli quyidagi ilmiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:

·       Murakkab tizimlarda modellashtirish; 

·       Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda algoritmlashtirish;

·       Maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish va qaror qabul qilish;

·       Dasturlash texnologiyalari.

 

 

Konferensiya haqida batafsil ma’lumotni https://tuit.uz/ web-saytidan olishingiz mumkin;

Elektron manzil: uzjurnal.uz;

Telefon: +99871-238-65-61, +99890 317-11-88, +99893 509-64-66.