“Odam savdosi - hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir”

  • Asosiy
  • “Odam savdosi - hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir”
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, "Tinchlik-osoyishtalik har bir insonga daxldor bo‘lgan hayotiy zaruratki, uni saqlash shu yurtda yashaydigan har bir fuqaroning muqaddas burchi bo‘lmog‘i kerak”.

Davlatimizning milliy xavfsizligini ta’minlash faqat davlat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi bo‘lib qolmay, balki har bir fuqaroning majburiyati va burchi hamdir. Zotan, milliy xavfsizligimiz - biz yashayotgan mamlakat, jamiyatimiz, oilamiz, ota-onamiz, farzandlarimiz, qolaversa, kelajak avlodlarimiz xavfsizligidir.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda 26.05.2016 yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida "Odam savdosi - hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzuida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari, fakultet dekanlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha muovinlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedra mudirlari hamda 380 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi mavzu yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan biriktirilgan mas’ul xodim X.Eshov, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bo‘lim boshlig‘i Z.G‘affarova hamda Toshkent shahar IIBB xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori M.Razaqovlar ma’ruza qildilar.
Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish, ayniqsa ularga odam savdosining ayanchli oqibatlari haqida tushunchalar berish, ushbu illatning oldini olishda keng jamoatchilik hamda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir.
Bugungi kunda butun dunyoda noqonuniy migratsiya va odam savdosi global muammo sifatida keng jamoatchilik diqqat markazida turibdi. Shu boisdan mamlakatimizda noqonuniy migratsiya va odam savdosi muammosiga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik tizimi yaratilgan.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan respublikamizda noqonuniy migratsiya va odam savdosi muammosining salbiy oqibatlari va ushbu muammoga qarshi mamlakatimizda olib borilayotgan amaliy ishlar aniq dalillar misolida tushuntirildi. Odam savdosi muammosini oldini olish faqatgina davlat tashkilotlarining vazifasi emasligi, har bir fuqaro bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlarga o‘zlarining faol munosabatlari bilan ko‘maklashishlari katta ahamiyat kasb etishi ham ta’kidlandi.
Tadbir davomida "Aldanganlar” videofilmi namoyish etildi. Tadbir qizg‘in tarzda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan batafsil javob olishdi.

 

 

“ODAM SAVDOSI - HUDUD, ChEGARA, MILLAT TANLAMAYDIGAN MUDHISh JINOYaTDIR”

 

“ODAM SAVDOSI - HUDUD, ChEGARA, MILLAT TANLAMAYDIGAN MUDHISh JINOYaTDIR”

 

“ODAM SAVDOSI - HUDUD, ChEGARA, MILLAT TANLAMAYDIGAN MUDHISh JINOYaTDIR”