2016 yil iyun oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag’batlantirish milliy agentligi (NIPA) o’rtasida imzolangan o’zaro anglashuv Memorandumi asosida “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzusida o’quv-trening kursini tashkil etish rejalashtirilgan edi. SHunga asosan, NIPA ning 9 kishidan tashkil topgan delegatsiyasi tashrif buyurdi. 2016 yil 26-28 oktyabr kunlari NIPA va TATU hamkorligida ilk bor “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzusida o’quv-trening kursi tashkil etildi.
O’quv-trening kursi davomida universitet va uning filiallaridan Pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash markaziga kelgan professor-o’qituvchilar va 1 kurs iqtidorli talabalar va magistrlar hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi xodimlariga universitetning katta majlislar zalida “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” yaratish bo’yicha ma’ruza o’qildi.
O’quv-trening kursiga TATUdan 45 nafar iqtidorli talabalar va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazidan 5 nafar xodimlar jalb etildi va tinglovchilarga seminar va amaliy mashg’ulotlar olib borildi.
O’quv-trening kursi davomida tinglovchilar “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” nima uchun kerakligi, Git/GitHub bilan tanishtirish va Git/GitHub foydalanish, Node dasturiy ta’minotidan foydalanib Mobil servislarni ishlab chiqish va foydalanish asoslari, Node dasturiy ta’minoti uchun dasturlash asosi, Ilovalar dasturiy interfeysini yaratish, “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” ni strategik foydalanish va asosiy muvaffaqqiyatli vaziyatlar, “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” boshqaruvi bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar.
O’quv-trening kursining so’ngida 50 nafar qatnashuvchilarga Sertifikat topshirildi.
27 oktyabr kuni TATU, NIPA, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va INHA vakillari uchrashuvi bo’lib o’tdi. Bunday o’quv-trening kurslarini kelajakda yilda kamida ikki marotaba(qishgi va yozgi tatil davomida) tashkil etish va kurslarga TATU xuzuridagi koledj va litsey o’quvchilarini ham jalb qilish taklifi kiritildi.
Bu kabi o’quv-trening kurslarni tashkil etilishi kelajakda yosh dasturchilarni Elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashga zamin bo’ladi.