Oldin maʼlum qilganimizdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yevropa ittifoqi Erasmus+ dasturining 609564-EPP-1-2019-1-EL-EPPKA2-SBHE-JP – sonli grant kelishuviga asosan "MechaUZ: O‘zbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida moderinizatsiya qilish" (MechaUZ: Modernization of Mechatroniss and Robotiss for Bachelor degree in Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology) xalqaro loyihasining ijrochisi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan edi.
Maʼlumki loyiha bo‘yicha Yevropa va O‘zbekistonlik hamkorlar o‘rtasidagi ilk uchrashuv (Kick-off Meeting) 2020-yil 10-14-fevral kunlari Gretsiyaning Saloniki shahridagi Sheffild universitetining Xalqaro fakultetida (University of Sheffiyeld) bo‘lib, unda keyingi uchrashuv vaqtlari belgilab olingan edi. Unga ko‘ra navbatdagi uchrashuv 2020-yil 30-mart kuni SKYPE video muloqot tizimi orqali onlayn ko‘rinishda bo‘lishi aytilgan edi. Ammo butun dunyoning asosiy muammosiga aylangan COVID-19 epidemiyasi sabab, ushbu uchrashuv vaqti kechiktirildi va 2020-yil 7-aprel kuni Zoom platformasida loyiha doirasida navbatdagi rejalashtirilgan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Onlayn uchrashuvning dastlabki nutqi dunyoda COVID-19 epidemalogik muammo tahdid solayotgan hozirgi vaziyatda loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar davomiyligi qanday tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan boshlandi. Undan so‘ng loyihaning yetakchi kordinatori hisoblangan Gretsiyaning Xalqaro Xellenik Universiteti (International Hellenis University) vakili Maria Drakaki so‘zga chiqib, iqtisodiy masalalar, hujjatlarni yuritish usullari hamda hisobot yuritish tartibi to‘g‘risida qisqacha axborot berib o‘tdi.
Onlayn uchrashuv asosiy qismida ishtirokchilar tomonidan quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- - Yevropa ittifoqi davlatlari o‘quv dasturlari bo‘yicha tadqiqotlar tahlili
- - Laboratoriya uchun uskunalarni xarid qilish masalalari
- - Monitoring va sifat nazorati
- - Veb sahifalarni yaratish jarayoni va yangiliklarni yoritib borish masalalari.
- - Keyingi uchrashuv vaqti va boshqa masalalar.
Ushbu belgilangan topshiriqlar bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida loyihaning universitetdagi kordinatori, t.f.d., dok. Hamdamov O‘tkir Rahmatullayevich boshchiligida ijodiy guruh tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, "Mexatronika va Robototexnika" yo‘nalishi bo‘yicha rivojlangan davlatlarning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida amal qilayotgan o‘quv dasturlari tahlil qilindi va yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari o‘quv dasturiga nisbatan qiyoslash jadvali shakllantirildi (Jadval bilan tanishib chiqish uchun shu havolani ustiga bosing).
Shu bilan birga loyiha faoliyatini, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam yoritib boruvchi Veb sahifa yaratildi (http://MechaUZ.tuit.uz/). Qolaversa, ayni vaqtda universitetda «Mexatronika va Robototexnika» taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy laboratoriya tashkil etish va uni jahon standarti talabiga mos holda jihozlash ishlari boshlab yuborilgan.
Onlayn uchrashuv davomida universitetdagi loyiha kordinatori Hamdamov O‘tkir Rahmatullayevich so‘zga chiqib belgilangan topshiriqlar asosida yuqorida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha maʼlumot berdi.
Onlayn uchrashuv yakunida kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Navbatdagi uchrashuv may oyining birinchi dekadasida o‘tkazilishi belgilab olindi.
TATU matbuot xizmati