Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son va “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 3-martdagi PF–5953-son Farmonlariga muvofiq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunday keng qamrovli ishlarning natijasi oʻlaroq, birgina joriy o‘quv yilining o‘zidayoq TATU va uning filiallarida jami sakkiz nafar oʻqituvchilar professor hamda dotsent ilmiy unvonlariga ega boʻlishdi.
Ro‘yxat
№ | FIO | Olgan ilmiy unvoni | Lavozimi |
1 | Qaipbergenov Botirbek Tulepbergenovich | Professor | TATU Nukus filiali direktori |
2 | Primova Xolida Anorbayevna | dotsent | TATU Samarqand filiali ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari |
3 | Djalilov Mamatisa Latipdjanovich | dotsent | TATU Fargʻona filiali kafedra mudiri |
4 | Redjepov Shovkat Baxtiyarovich | dotsent | TATU ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i |
5 | Kuchkarov Timur Ataxonovich | dotsent | KT kafedrasi o‘qituvchisi |
6 | Xoʻjamatov Xolimjon Ergashevich | dotsent | MUT vaT kafedrasi mudiri |
7 | Bobojonov Xasan Baxtiyarovich | dotsent | Gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi |
8 | Ruzibayev Ortik Baxtiyarovich | dotsent | DIF dekani oʻrinbosari |
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda universitetda taʼlim sifatini yanada yaxshilash, talabalarga eng soʻnggi zamonaviy axborot texnologiyalar boʻyicha bilim va koʻnikmalar berish, xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytinglarida yuqori natijalarni qayd etish, taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish boʻyicha salmoqli ishlar qilinmoqda.
Bu jarayonlarda yuqori malakaga ega, ayni vaqtdagi mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlar yetishtirib berishda yuksak ilmiy salohiyatga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarning oʻrni kattadir. Shuning uchun ilmiy unvonga ega boʻlgan va boʻlayotgan professor-oʻqituvchilarimizdan nafaqat universitet, balki mamlakatimiz ilm-fani ravnaqiga hissa qoʻshishlarida doimo zafarlar tilaymiz!