🎓 Hurmatli TATU bitiruvchilari!

  • Asosiy
  • 🎓 Hurmatli TATU bitiruvchilari!

⭐️ O‘zbekistondagi lider aloqa operatorlaridan biri Ucell kompaniyasi yetakchi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilayotgan seminarga Telekommunikatsiya injiniringi, Radio va mobil aloqa, Dasturiy injiniring va Kompyuter injiniringi fakulteti 4-kurs talabalarini taklif qilamiz.

📢 Seminarda siz, kompaniya faoliyati, uning yutuqlari, yosh mutaxassislarga yaratilayotgan sharoitlar, kompaniyadagi mavjud amaliyot/stajirovka dasturlari va bo‘sh ish o‘rinlari haqida bilib olasiz.

⚙️ Seminar davomida kompaniya vakillari tomonidan taqdim qilingan keys va topshiriqlarni to‘g‘ri bajargan talabalar kompaniyada stajirovka o‘tash hamda keyinchalik kompaniyada faoliyat olib borish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

💼 Shuningdek, korxonaning yetuk mutaxassislaridan o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

📣 Ma’ruzachilar:

➡️ Shamsutdinov Ridvan Talgatovich- Radio tarmoqlarini rejalashtirish va optimallashtirish guruhi rahbari;
➡️ Tillayev Sanjar SHuxratovich- Radio tarmog‘ini rejalashtirish va optimallashtirish bo‘yicha muhandis;
➡️ Seit-Mamutova Aleksandra Aleksandrovna- Ichki aloqa menejeri.

❗️O‘zingiz bilan rezyume olishni ham unutmang!

📆 18-may, soat 9:00
📍 TATU, Media markazi