HURMATLI TALABALAR!

📢DIQQAT!!!

HURMATLI TALABALAR!

✅Toshkent shahridagi INHA universiteti tashabbusi bilan iqtidorli talaba va yoshlar tomonidan IT texnologiyalarni qo‘llash, jamoada ishlash, marketing va tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar va Axborot kommunikatsiya texnologiyalariga qiziqishini oshirish maqsadida IT sohasi bo‘yicha "Dasturlash" musobaqasi tashkil etildi.

❇️MUSOBAQA 3 TA YO‘NALISHDAN IBORAT:
1.Talabalar va ta’lim;
2.Tadbirkorlik;
3.Moliya sohasidagi texnologiyalar;

✅Musobaqada IT va tadbirkorlikka qiziqishi bor bo‘lgan O‘zbekiston hududidagi o‘quv muassasalarining (maktab, kollej, litsey, OTMlar) tinglovchilari qatnashishi mumkin.

📌G‘oliblar uchun sovrinlar sifatida zamonaviy kompyuterlar, IPad planshetlari hamda boshqa sovg‘alar qo‘yilgan,
To‘liq ma’lumotni https://contests.inha.uz/ saytidan olishingiz mumkin.