Hurmatli professor-о‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar!

  • Asosiy
  • Hurmatli professor-о‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar!

Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil tadqiqotchisi Xoliqnazarov Rashidjon Xomidjonovichning 05.01.10 – “Аxborot olish tizimlari va jarayonlari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Murakkab tuzilmaviy tashkilotlarda talablarga mos hujjat andozalarini dinamik shakllantirishning axborot tizimi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy seminarga taklif etamiz.

Ilmiy rahbar – Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovich, texnika fanlari doktori, dotsent

Seminar 2024-yil  20-dekabr kuni E-bino, 101-xonada bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti 12:00.