Britaniya Kengashining stipendiya dasturi

  • Asosiy
  • Britaniya Kengashining stipendiya dasturi

Britaniya Kengashi fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalarida ayollar imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish maqsadida “Women in STEM” global stipendiya dasturini ishga tushirmoqda. Dastur turli mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda STEM boʻyicha salohiyat va taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan.

📌 Dastur tafsilotlari:

🇺🇿 O‘zbekistonlik nomzodlar 2025-2026-o‘quv yilida Buyuk Britaniyaning beshta universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi: Vestminster universiteti, Glazgo universiteti, Krenfild universiteti, Londondagi Sent-Jorj universiteti va Kardiff universitetida magistratura dasturlarida o‘qish uchun stipendiya dasturiga ariza topshirish taklif etiladi.

🗓 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 30-aprel.

🛡 О’qishning boshlanishi: 2025-yil oktyabr.

➡️ Dastur haqida toʻliq maʼlumotni British Council veb-saytida topishingiz mumkin:
Britaniya Kengashining STEM sohasida ayollar uchun stipendiyalari.

Ushbu dastur ayollarni STEM sohasida martaba orttirishga ilhomlantirish va ularning muvaffaqiyatli ta’limi va rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratish uchun mo‘ljallangan.