“Ayollar biznesiga Birinchi qadam” tanlovini e’lon qiladi.

  • Asosiy
  • “Ayollar biznesiga Birinchi qadam” tanlovini e’lon qiladi.

#tanlov #ayollar_biznesi

👥 Muhammad al-Xorazimiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Ayollar biznesiga Birinchi qadam” tanlovini e’lon qiladi.

📌 Tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli va isteʼdodli xotin-qizlar, ayollar va yoshlarning biznes faoliyatlari hamda tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli xotin-qizlar, ayollarni biznesga keng jalb etishdan iborat.

💳 Tanlov shartlari:
- Qatnashuvchilarning yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa aʼzolari soni 5 nafardan oshmasligi lozim);

🆔 Tanlov ishtirokchilari na’munaviy shakllar asosidagi ariza bilan quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:
- Biznes g‘oya muallifi haqida ma’lumotnoma;
- Namunaviy taqdimot;

⏲ Biznes loyihalar boʻyicha takliflar 2023-yil  7-dekabr  soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

✈️Hujjatlarni @sultanova75 ga yuboring.