Ilmiy kotib:
Axmedova Nodira Amindjanovna
Qabul vaqti: Ish kunlari 14-00 dan 17-00 gacha (shanbadan tashqari)
3.1. Kengash Ilmiy kotibi:
- Universitet Kengashi majlisini tashkil etish bо’yicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshiradi;
- rektor tasdiqlashi uchun prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari va boshqa tarkibiy bо’linmalar rahbarlari bilan kelishilgan holda Kengash ish rejasining loyihasini tayyorlaydi;
- prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari va boshqa tarkibiy bо’linmalar rahbarlari tomonidan Kengashga materiallarning о’z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
- Kengash о’tkazilishini tashkil etishni ta’minlaydi (zalni tayyorlash, majlis qatnashchilarini rо’yxatga olish, bayonnomani yuritish, audio yozuv va Kengash majlisi bayonini yuritish);
- Kengash majlisi bayonnomalari, tayyorlangan hujjatlarni Kengash raisiga imzolash uchun tayyorlaydi;
- Kengashga taqdim etilgan hujjatlarni muhokama qilish jarayonida bildirilgan e’tiroz va takliflarni inobatga olgan holda Kengash qarorlari hamda qabul qilingan hujjatlarning, ularni Kengashga taqdim etgan mansabdor shaxslar tomonidan qayta ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
- Kengash raisi tomonidan imzolangan hujjatlarning о’z vaqtida kо’paytirilishi va ularning prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari, va boshqa tarkibiy bо’linmalar rahbarlariga ijro qilish uchun yuborilishini ta’minlaydi;
- Kengash ish rejasini bajarilishi bо’yicha ma’lumotlarni umumlashtirib boradi.