Dissertatsiyani himoyasi uchun plakatlarni tayyorlash

  • Asosiy
  • Dissertatsiyani himoyasi uchun plakatlarni tayyorlash

Plakatlarni EHMda, zamonaviy kompyuter vositalaridan foydalanib, masalan AutoCAD, KOMPAS grafik redaktorlar tizimida tayyorlash eng yaxshi variant hisoblanadi. Bu dastlabki himoya, ijodiy tahlil jarayoni vaqtida aniqlangan xatolarni o‘z vaqtida tuzatish imkonini beradi. Biroq kompyuterda plakat tayyorlagan dissertant uning hammaga ko‘rinishli bo‘lishini ta’minlashi kerak.

Buning uchun plakatlarning bir necha nusxasini komissiya a’zolari uchun chiqarib qo‘yish qulay bo‘ladi. Plakatlarni shuningdek tush bilan millimetrli qog‘ozlarga, shriftli trafaretlarga flamaster bilan tushirish ham qulaylik tug‘diradi.

Istalgan variantda ham plakatlar toza, tushirilgan formulalar aniq, xatosiz bo‘lishi lozim.

Plakatlar mazmunan dissertatsiya mazmuniga mos kelishi kerak.

Eng birinchi plakatda dissertant dissertatsiya mavzusi, uning maqsadi va vazifalari, tadqiqot usullari, dissertatsiya natijalari, dissertatsiya mavzusi bo‘yicha chop etilgan ishlar, natijalarning amaliyotga tadbiqi haqidagi ma’lumotlarni berish maqsadga muvofiq.

Keyingi plakatlar ketma-ket, dissertatsiya strukturasiga mos ravishda, birinchi plakatdan kutilmaganda oxirisiga o‘tmasdan berib boriladi.

Plakatlardagi illustrativ material yetarlicha bo‘lishi, haddan ziyod ko‘rpayib ishning hajmi ko‘pligini namoyish qilmasligi kerak. Plakatlarda, eng avvalo muallif tadqiqotining yangiligini isbotlovchi materiallar berilishi kerak: bu original sxemalar, ossillogrammlar, qurilmalar fotosurati va h.k. Bunda hammaga ma’lum matematik formulalarni bermagan ma’qul.