Dissertatsiya strukturasi

  • Asosiy
  • Dissertatsiya strukturasi

Dissertatsiya yozişga kirişişdan oldin, keng tarqalgan fikrga zid ravişda, uni boşidan, ya’ni kiriş qismidan yoziş kerak emas, Dissertatsiyaning eng ma’suliyatli qismi bölib unda, xuddi şaffof közgudagi kabi, uning eng yaxşi jihatlari, yangilik elementlari aks etişi kerak. Bularning barçasi işning eng oxirgi bosqiçida tanlangan mavzu töliq anglab yetilganda batamom aniq böladi, Matnning asosiy qismidan boşlagan ma’qul, uning eng optimal variantiga erişiş, söngra esa kiriş va xulosa qismlarini yozgan ma’qul.

Dissertatsiyaning asosiy qismi uning töliq hajmining 70% dan kam bölmagan qismini taşkil etişi kerak. U bayonning mantiqiy strukturasidan kelib çiqib boblar va paragraflarga bölinadi. Nomzodlik dissertatsiyasida 3 yoki 4 bob, doktorlik işida esa 4 va undan ortiq bob bölişi mumkin. Har bir bob 2 va undan ortiq paragrafga ega böladi. Boblar hajm jihatdan bir xil bölişi maqsadga muvofiq böladi.

Dissertatsiyaning mantiqiy strukturasi darrov ayon bölib qolmaydi. U batamom aniq bölişi uçun siz uni himoyaga olib çiqilayotgan holatlarning batafsil isboti körinişida qurilgan mantiqiy butunlik sifatida fikran maketlaştirişingiz kerak. Avval bunday "maket”ni reja şaklida, har bir paragrafini töğri nomlab, töğri joylaştirib işlab çiqiş lozim. Işni boblar va paragraflarga böliş mavzuni yoritiş mantiqiga xizmat qilişi kerak. Şuning uçun, bir tomondan, rejaga mavzu doirasidan çiqib ketadigan yoki u bilan bilvosita boğlangan strukturaviy birliklarni kiritmaslik kerak, ikkinçi tomondan esa, punktlar mavzuni töliq yoritişi kerak. Dissertatsiya rejasi- bayonning mantiqiy skleti bölib, unda hamma narsa joy-joyida bölişi kerak.

Dissertatsiya boblari – matnning asosiy strukturaviy birliklaridir. Ularning har birining nomini şunday şakllantiriş kerakki, u mazmun hajmi jihatdan mavzudan kengroq yoki teng bölmasligi kerak, çunki bob mavzuning aspektlaridan biri xolos va uning nomi uşbu tobelikni aks etişi kerak.

Reja tuzib bölgaç, matnning qoralamasini yozişga kirişiş mumkin. Katta hajmli işni yozayotganda uni yaxşisi kiçikroq qismlarga bölib yozgan ma’qul, bunda har bir qism dissertatsiyaning umumiy intellektual fabulasiga mos kelişi kerak.

Dissertatsiya işi kompozitsiyasining muayyan standarti mavjud emas, albatta. Har bir tadqiqotçi ilmiy materiallarni taşkil etiş tartibini özi tanlaydi. Biroq dissretatsion asarning kompozitsion strukturasiga muayyan umumiy talablar işlab çiqilgan. Dissertatsiya quyidagi elementlarga ega bölişi kerak:

  • Titul varaği
  • Mundarija
  • Kiriş
  • Asosiy qism boblari
  • Xulosa
  • Bibliografik röyxat
  • Ilova
  • Yordamçi körsatkiçlar

Titul varaği (1-ilovaga qarang) dissertatsiya işining birinçi sahifasi hisoblanadi va qat’iy belgilangan qoidalar böyiça töldiriladi.

Yuqori maydonda öquv yurti yoki ilmiy iş bajarilgan ilmiy taşkilotning töliq nomi körsatiladi. Körsatilgan matnli yuqori maydon titul varağining qolgan qismidan çiziq bilan ajratiladi.

Söngra dissertantning F.I.Sh. (boş kelişikda) körsatiladi.

Örtada dissertatsiya işining nomi "mavzu” sözisiz, qöştirnoqqa olinmasdan beriladi.

Dissertatsiya nomidan keyin mutaxassislik nomenklaturasidan şifr, himoya qilinayotgan ilmiy daraja joylaştiriladi.

Keyin, titul varağining öng çekkasiga yaqinroq joyda ilmiy rahbar (maslahatçi)ning F.I.Sh., ilmiy darajasi va lavozimi körsatiladi.

Pastki maydonda dissertatsiya işi bajarilgan joy (şahar) va uning yozilgan yili ("yil” sözi yozilmaydi) körsatiladi.

Titul varağidan söng mundarija joylaştiriladi (2-ilova), unda dissertatsiya işining barça boblari, paragraflari, rubrikalari, ularning boşlanğiç sahifasi raqami beriladi. Mundarijadagi sarlavhalar matndagi sarlavhani töliq , aniq takrorlaşi kerak. Ularni matndagi sarlavhaga zid ravişda qisqartiriş, özgartiriş mumkin emas.
Rubrikatsiyaning bir xil bosqiçlari sarlavhalari ketma-ket joylaştiriladi. Har bir keyingi bosqiç sarlavhasi oldingi bosqiç sarlavhasiga nisbatan 3-5 belgi öngroqda joylaştiriladi. Har bir sarlavha boş harf bilan yoziladi va oxirida nuqta qöyilmaydi. Har bir sarlavhaning oxirgi sözi sahifa raqamigaça köp nuqtalar bilan birlaştiriladi.

Kiriş dissertatsiyaning eng ma’suliyatli qismi hisoblanadi (3-ilova), çunki barça fundamental holatlarni öz içiga oladi. Bu tanlangan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, mazmuni, tadqiqot ob’ekti va predmeti, tadqiqot metodi, nazariy va amaliy ahamiyati va h.z.

Mavzuning dolzarbligi töğrisida yuqorida barça narsa aytib bölindi. Dissertatsiyaning kompozitsion strukturasi nuqtai nazaridan mavzu dolzarbligini asoslaş kiriş qismining 1-2 sahifasidan ortiq joy egallamasligi va nega uşbu mavzuga hozir murojaat qiliş kerak, uning ilmiy va amaliy zaruriyati nimada, tadqiqot predmeti haqida zamonaviy tasavvur holati qanday ekanligini tuşuntirişi kerak.

Dolzarblik asoslab bölingaç muammoning ilmiy işlab çiqilganlik darajasi körib çiqilişi kerak. Bunda ötgan va hozirgi mamlakatimiz va xorijiy olimlarning uşbu muammo bilan turli rakurslarda qanday şuğullanganliklari, yetarliça yoritilmagan jihatlar, notöğri yoritilgan adabiyotlar haqida söz yuritiliş kerak. Aynan şu mavzuga murojaatni xorijiy adabiyotda Vatanimizga tegişli materiallarning yetarliça yoritilmaganligini asos qilib oliş mumkin.

Bu yerda siz mavzuni yaxşi anglab olganingiz, matn bilan işlaş mahoratingiz, bibliografiya bilan tanişligingiz, şu sababli sizdan oldingi olimlarning uşbu mavzuning yoritilişiga qöşgan hissasini töğri baholay bilişingizni namoyiş qilişingiz mumkin. Mavzuning yoritilişida özingiz qöşgan hissangizni ham ob’ektiv baholay bilişingiz kerak. Ba’zida tadqiqotçilar öziga qadar uşbu mavzuga heç kim murojaat qilmagan degan xulosaga keladilar. Agar sizda ham şunga öxşaş fikr paydo bölsa, bu haqda kiriş qismda söz yuritişga şoşilmang. Mavjud adabiyotlarni obdon tahlil qiling, ilmiy konsultantingiz bilan maslahatlashing, ana undan keng bunday keng masştabli da’vo bilan çiqiş kerakmi, yöqmi hal qilişingiz mumkin.

Muammoning ilmiy işlanganlik darajasini körib çiqqaç, uşbu muammoni tadqiq etişda şaxsan sizning uluşingizni mantiqan asoslaşga ötiş mumkin. Bu yerda dissertatsion tadqiqotning maqsadi va vazifalari, uning strategiyasi va taktikalari bayon qilinadi. Bunda şuni yodda tutiş kerakki, vazifalarni sanab ötiş iş matnining içki mantiği va rejasini belgilaydi. Keyin tadqiqot ob’ekti va predmeti şakllantiriladi. Ilmiy tadqiqot ob’ekti –bu reallikning tanlangan elementi bölib, u öz çegaralari, avtonomligiga ega va atrof-muhitdan uzoqlaşganligi bilan ajralib turadi. Ob’ekt muammoli holatni keltirib çiqaradi va uni örganiş uçun tanlanadi. Ilmiy tadqiqot predmeti –ob’ektning mantiqiy bayoni bölib, tadqiqotçi tomondan örganiş, şarh uçun tanlanadi.

Ilmiy tadqiqot ob’ekti va predmeti ilmiy jarayon kategoriyasi sifatida umumiy va xususiy jihatlari bilan bir-birlari bilan boğliqdir.

Ob’ektda tadqiqot predmeti bölib xizmat qiluvçi qism ajralib turadi. Aynan şu narsaga dissertantning e’tibori qaratiladi, aynan tadqiqot predmeti dissertatsion iş mavzusini belgilaydi va tutil varaqda uning sarlavhasidek belgilanadi.

Tadqiqot predmetini aniqlaş mahorati tadqiqotçining, birinçidan, ob’ektning dolzarb dinamik holati sferasiga, ikkinçidan, ob’ektning taşkiliy tizimiga ta’sir körsatuvçi aloqa va elementlar sohasiga yaqinlaşganligi bilan boğlanadi.

Bayonni strukturaviy bosqiçlari töğrisida qisqaça aytib ötiş va uning tuziliş mantiqini asoslab beriş majburiy bölmagan, lekin maqsadga muvofiq bölgan jihat hisoblanadi.

Işning asosiy qismi umimiy hajmning 70%ni taşkil qilişi va strukturasi böyiça dissertatsiya rejasiga mos kelişi kerak. Bu yerda tadqiqotingizning borişi batafsil bayon etiladi, uning oraliq natijalari asoslanadi. Faktlarning isbot qilinganligi, izçilligi, unda ortiqça, zarur bölmagan materialning yöqligi asosiy qismga qöyilgan qat’iy talablardan biri hisoblanadi.

Dissertatsiyaning xulosa qismi butun iş natijalari böyiça qilingan xulosalar va tavsiyalardan iborat bölişi kerak (4-ilova). Bu qism hajm jihatdan eng kiçkina bölgani bilan alohida ahamiyatga ega, çunki aynan şu qismda ilmiy işingizning yakuniy natijalari tugallangan, mantiqan mukammal şaklda ilmiy hamjamiyat e’tiboriga taqdim etasiz. Xulosa –bu nafaqat erişilgan natijalar yiğindisi, balki öziga xos sintez,işingizning alohida va yiğma yakuni hamdir. Xulosada olingan natijalarni kiriş qismda belgilangan maqsad va vazifalar bilan birlaştiriş, xulosalarni jamlaş öz işining muvaffaqiyatini baholaş kerak. Ba’zida bu qismni xulosalar röyxati körinişida quriş, uni punktlarga bölib, har birida alohida xulosani asoslab beriş mumkin. Agar iş nazariy natijalar bilan birga amaliy ahamiyatga ega bölsa ham buni xulosa qismda gapirib ötiş kerak, Bundan taşqari iş natijalari asosida kelgusidagi tadqiqotlar istiqbolini körsatib ötiş, şu sababli yangi vazifalarni belgilaş, yangi ğoyalarni rivojlantiriş yöllarini ta’kidlab ötiş mumkin.

Xulosadan keyin bibliografik röyxat keladi (5-ilova). Bu mavzu böyiça muallif foydalangan adabiy manbalar röyxatidir. Bunday röyxatga kiritilgan har bir manba dissertatsiya qölyozmasida aks etgan bölişi kerak. Qandaydir faktlarga havola bölganda, material qaerdan olinganligi körsatilişi kerak. Havolalar bölmagan, dissertatsiyada foydalanmagan manbalarni röyxatga kiritiş şart emas.

Yordamçi yoki qöşimça materiallar ilova qismda joylaştiriladi.

Mazmun jihatdan ilovalar turli-tuman:

  • oraliq matematik isbotlar, formulalar, hisoblar;
  • statistik ma’lumotlar va ularga işlov beriş metodlari;
  • konkret eksperimentlar natijalari;
  • birlamçi materiallar;
  • yordamçi nomogrammalar va jadvallar;
  • eksperimentlar, ölçamlar va sinovlar ötkazişda qöllaniladigan apparatura va uskunalar tavsifi;
  • dissertatsion tadqiqotni bajariş jarayonida işlab çiqilgan, EHMda yeçiladigan ikkinçi darajali algoritmlar va masalalar dasturi metodikasi;
  • yordamçi illyustratsiyalar;
  • yoyilgan şarhlar;
  • dissertatsion iş natijalaridan foydalaniş dalolatnomalari (14-ilova).

Ilovalar dissertatsiya oxirida joylaştiriladi. Har bir ilova yangi sahifadan yuqori öng burçakda "Ilova” sözi bilan boşlanişi va öz sarlavhasiga ega bölişi kerak.

Agar dissertatsiyada 1 dan ortiq ilova bölsa, ulan arab raqamlari bilan nomerlanadi (№ belgisi qöyilmaydi), masalan "1 ilova”, ilovalar berilgan sahifalar nomeri asosiy matn sahifalari numeratsiyasini davom ettiradi.

Asosiy matnning ilovalar bilan aloqasi havolalar yordamida "qarang” sözi bilan örnatiladi. Masalan, "1-ilovaga qarang”.

Namuna sifatida quyidagi qismlardan iborat dissertatsiya işi strukturasini körib çiqamiz:

  • Mundarija
  • Kiriş
  • Birinçi bob
  • Ikkinçi bob
  • Uçinçi bob
  • Törtinçi bob
  • Xulosa

Ilmiy daraja himoyasi uçun dissertatsiya odatda, titul varaq, mundarija, asosiy belgilar va qisqartmalar, kiriş, asosiy matn (3-5 bobdan iborat bölib, har bir bobga aniq xulosalar beriladi), umumiy işga xulosa, foydalanilgan adabiyotlar röyxati (nomzodlik dissertatsiyasi uçun 100-170 ta) ilovadan iborat böladi.

Kiriş qismda (7-10 bet) tadqiqotçi tadqiqot ob’ektini qisqa belgilaydi, muammo dolzarbligi, uning hozirgi vaqtdagi holati, muammoni hal qilişda mavjud qiyinçiliklarni qayd etadi, qöyilgan ilmiy vazifa yoki yangi işlanmalarning mohiyatini, şaxsiy tadqiqotlari maqsadi, yönalişlari, metodlari, boblar böyiça mazmunini bayon etadi, ilmi rahbari, maslahatçisi, hamkasblariga taşakkur bildiradi. Bu qisqa annotatsiya bölib muammoning işlanganlik darajasini yoritadi, tadqiqot predmetiga muallif tomondan kiritilgan yangiliklar, asosiy qoidalar bayon etiladi. Bu yerda nafaqat natijalar, balki yangi ğoyalar, qaraşlar, ularni realizatsiya qiliş usullari keltiriladi. Şunday qilib, kiriş qismda dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslanadi, maqsad bayon etiladi, vazifalar belgilanadi, iş haqida umumiy tasavvur beriladi.

Şuni qayd etiş kerakki, tadqiqotçi işning turli bosqiçlarida kiriş qismini bir neça marta e’tibor bilan köçiriş maslahat beriladi. Çunki bu qiziquvçan şaxslarning birinçi öqiydigan bölimi bölib, iş va dissertant töğrisida birinçi, özgartiriş qiyin bölgan tasavvur şu bosqiçda paydo böladi.

Birinçi bob ma’lum tadqiqotlarning batafsil şarhi, patent tahlili va qöyilgan vazifalarni yeçiş uçun nimalar zarurligini bayon etuvçi materiallarni öz içiga oladi.

Ma’lum tadqiqotlar şarhida yeçilayotgan masala böyiça ilmiy fikr rivojida asosiy va tub buriliş yasovçi bosqiçlar oçerki beriladi. Ma’lum tadqiqotlarning dissertant tomondan ötkazilgan sistematizatsiyasi bobni va umumiy işni bezaydi, işning yaxlitligi töğrisida umumiy tasavvurni mustahkamlaydi. Özidan oldingi tadqiqotçilar işini qisqa, tanqidiy yoritib dissertant yoritilmay qolgan masalalarga alohida töxtalib ötişi va muammoni yeçişda öz örnini belgilaşi, dissertatsion tadqiqot vazifalarini aniqlab, şakllantirib olişi kerak. Nomzodlik dissertatsiyasining birinçi bobi odatda 20-25 betdan iborat böladi.

Keyingi bölimda dissertantning şaxsiy tadqiqotlari töliq bayon etiladi, bunda muammoni işlab çiqişda u kiritgan yangilikka alohida töxtalib ötiladi. Uşbu yangilik nazariy qoidalar bilan asoslanişi, nazariya va amaliyotning maşhur qoidalariga mos kelişi kerak.

Dissertatsiyani bayon qilişning butun tartibi dissertant himoya qilayotgan asosiy ğoyaga böysunişi kerak.

Ikkinçi bob vazifaning yeçimini nazariy asoslaş, uning yeçimi metodikasiga bağişlanişi mumkin. Bobning vazifasi –masala nazariyasini umumiy körinişda beriş. Nomzodlik dissertatsiyasida masala yeçimining yangi nazariy tamoyillari kamdan kam beriladi. Mavjud matematik apparatda köpinça zarur nazariy platformani topişga erişiladi, biroq dastlabki holatda u keyingi fikrlar uçun tayyorlov mahsuloti bölib qoladi. Keyingi fikr odatda moslaşiş koeffitsientlarini, tenglamalarda yangi bölaklarni, tahlil qilinayotgan jarayonning fizikasini aks ettiruvçi qöşimça tenglamalarni, yangi topilgan faktorlarni örnatişdan iborat böladi.

Moslaşiş koeffitsientlaridan foydalanişda aniqlikka e’tibor beriş kerak. Eng oddiy holatda bu nazariya va eksperiment natijalarini keliştiruvçi empirik koeffitsientlardir. Biroq olğa boriş va moslaşiş koeffitsientining öziga nazariy asosni topiş mumkin. Balki ular statik emas, balki dinamikdir va öz navbatida boşqa parametrlarga boğliqdir. Moslaşiş koeffitsientidan eksperiment va nazariya natijalariga qöşimça sifatida foydalaniş metodologik xato hisoblanadi. Eng ideal teoriya zamonaviy kompyuter vositalaridan foydalanilgan yeçim. Biroq şuni esda tutiş kerakki, son yeçimi bu har doim xususiy yeçim. Ayni paytda analitik yeçim köproq yeçimlarni körib çiqiş, jarayonni sifatli tahlil qiliş imkonini beradi. Masalaning bir yeçimi ikkinçisidan afzalroq deb öylaş kerak emas. Jarayon rivojlanişini tuşuntira oladigan va başorat qila oladigan istalgan nazariy umumlaştiriş yaşaşga haqli. Ikkinçi bob hajmi 35-40 bet.

Uçinçi bob, odatda masalani yeçişning eksperimental asoslanişi, eksperimental tadqiqotlar usullar bayoni, tajriba va nazariy natijalar aniqligi va tahlilini öz içiga oladi. Eksperimental bobning vazifasi – masalaning umumlaştirilgan nazariy yeçimini konkretlaştiriş, tajriba koeffitsientlarini taqdim etiş, nazariyani tekşiruvçi eksperimental nuqtalarni beriş. Bu yerda yangi qurilmalar tavsifi, ularning işlaşini tekşiriş, eksperimental tadqiqotlar ötkazişning yangi usul va texnologiyasini bayon etiş mumkin. 3-bob hajmi 30-35 bet.

Törtinçi bob, konkret yeçimlar, qurilmalar, grafikalar, boğliqliklar, ikkilamçi modellar, nazariy qaraşlarning konkret model uçun eksperimental ma’lumotlarga mos kelişni baholaşni öz içiga olişi mumkin. Dissertatsiya işi natijalarini muhokama qiliş va baholaşga alohida paragrafni bağişlaş mumkin. Iş natijalarini baholaş sifat va son jihatdan bölişi kerak. Ma’lum yeçimlar bilan taqqoslaşni barça aspektlar böyiça, jumladan samaradorlik böyiça amalga oşiriş kerak. Bobga 20-25 bet ajratiladi.

Xulosada işning natijalari keltiriladi. Tadqiqotlar natijalari böyiça asosiy fikrlar şakllantiriladi, Aprobatsiya töğrisida, dissertatsiyaning asosiy mazmunining ilmiy naşriyotda yoritilişi, uning natijalari, yeçimlarning patentlar bilan himoyalanganligi töğrisidagi ma’lumotlar beriladi. Dissertatsiya natijalari qöllanilayotgan va qöllanişi mumkin bölgan taşkilotlar körsatiladi. Uşbu bölimga sakkiz betgaça joy ajratiladi.

Dissertatsiyaga ilovada qöşimça, ma’lumotnoma xarakteridagi materiallar joylaştiriladi. Bu jadvallar, grafiklar, dasturlar, masalalarning EHMdagi yeçimi, formulalar bölişi mumkin.

Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 17:27