"OAK Byulleteni” jurnalida dissertatsiya himoyasi e’lon qilingaç ixtisoslaşgan kengaş ruxsati bilan qölyozma avtoreferat çop etiliş kerak.
Avtoreferatda dissertatsiyaning asosiy ğoyasi va xulosasi, izlaniş olib borişda avtorning qöşgan hissasi körsatilişi, yangilik darajasi va natijaning amaliy ahamiyati bayon etiladi. Dissertatsiya avtoreferati tipografiya usulida yoki ixtisoslaşgan kengaş belgilangan ekzemplyar miqdorida köpaytiriş apparatlarida çop etiladi.
Avtoreferat yuborilişi şart bölgan muassasalar röyxati belgilangan.
Avtoreferat ixtisoslaşgan kengaş a’zolariga va dissertatsiya sohasida mutaxassislarga ega muassasalarga ham yuboriladi. Dissertatsiyalarni yuboriş himoyadan bir oy olidin amalga oşiriladi.
Ilmiy ma’ruza körinişidagi dissertatsiyalarda avtoreferat örniga ilmiy dokladning özi yuboriladi.
Nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferatining hajmi - 1 bosma taboq, doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatining hajmi – 2 bosma taboq bölişi kerak.
Avtoreferatning ustki qismi belgilangan şakl böyiça rasmiylaştiriladi. (8-ilova)
Avtoreferat uçta asosiy bölimdan iborat:
- işning umumiy tavsifi;
- işning qisqaça mazmuni;
- xulosa,
şuningdek çop etilgan işlar röyxati va rezyume.
Avtoreferatni qisqaça annotatsiya bilan boşlaş mumkin. Annotatsiya tadqiqotçining izlaniş ob’ekti va predmetini aniq belgilab berişi, dissertatsiyaning asosiy masalalarini öz içiga olgan 8-10 qatordan iborat bölib, 1 abzas bilan beriladi. U masalan, quyidagi sözlar bilan boşlanişi mumkin: "Dissertatsiya işida ... takomillaştirişga qaratilgan muhim ilmiy masala qöyilgan”
Işning umumiy tavsifida ma’lumotlar quyidagi abzaslar böyiça beriladi:
- muammoning (işning) dolzarbligi;
- muammoning örganilganlik darajasi;
- dissertatsiyaning ITI rejalari mavzulari bilan boğliqligi;
- tadqiqot maqsadi;
- tadqiqot masalalari;
- tadqiqot yönalişi;
- tadqiqot uslublari;
- asoslanganlik va işonçlilik;
- himoyaga olib çiqilayotgan holatlar;
- ilmiy yangiligi;
- amaliy ahamiyati;
- natijalarning amalga oşirilişi;
- işning aprobatsiyasi;
- natijalarning e’lon qilinganligi;
- dissertatsiyaning hajmi va tuzilişi;
Bu bölim hajmi 0,15 bosma taboqni taşkil qiladi.
Işning qisqaça mazmuni bölimlar böyiça briladi. Avtoreferatda oxirgi matematik ifodalar, muhim grafiklar, diagrammalar va jadvallar keltiriladi. Dissertatsiya işidan olingan yangiliklar natijalarini qisqaça baholaş beriladi.
Quyida avtoreferatning bölimlar böyiça dissertatsiyaning boşlaniş variantlari keltirilgan (bosma qoğoz hajmi nomzodlik dissertatsiyasi uçun körsatilgan).
- "Kiriş qismida muammoning dolzarbligi asoslangan ...” (bir bilan beriş mumkin).
- "Birinçi bölimda ... tahlili berilgan ...” (0,15b.t.).
- "Ikkinçi bölimda nazariya rivojlantirilgan ...” (xulosa uslublari beriladi) (0,3 b.t.atrofida)
- "Uçinçi bölimda tajriba izlanişlari natijalari keltiriladi ...” (0,2 b.t.)
- "Törtinçi bölimda olingan natijalar beriladi ...”(0,15 b.t.).
Xulosa 7-9 ta kengaytirilgan umumiy natijalarni va iş böyiça tavsiyalarni öz içiga oladi. Ularning sxematik qurilişi quyidagiça bölişi mumkin:
- Istiqbolli ..... tahlili bajarildi (aktualligini asoslaş).
- ...... imkonini beruvçi protsedura modeli tavsiya qilinadi (yeçim uslublari haqida)
- Konstruktiv işlangan va yaratilgan ........., patentlar olingan va h.k.
- Birinçi bor masalalar qöyilgan va yeçilgan (yangilik).
- Model takomillaştirilgan (uslubiyot).
- Fan yutuqlari tufayli masalalarning yeçimi mumkin böldi ...... (asoslaniş darajasi).
- Olingan yeçimlar ...... imkonini beradi. (amaliy va ilmiy ahamiyati). Natijalar yetakçi korxonalarda tatbiq qilindi.
Avtoreferat yakunida dissertatsiya mavzusi böyiça tadqiqotçining ilmiy naşrlardagi çop etilgan işlari keltiriladi. Ularda dissertatsiya işining asosiy ilmiy natijalari, şuningdek uç tildagi – özbek, rus, ingliz tildagi rezyume aks etadi.
Avtoreferatning har bir nusxasida barça rezyumedan keyin dissertantning imzosi bölişi kerak.