Tadbir 2024-yil 19-oktabr kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Huawei tomonidan O‘zbekiston talabalari 80 mamlakat va mintaqalardan 750 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan AKT sohasida iqtidorlar almashinuvi bo‘yicha global tadbir hisoblanadigan “ICT Competition 2024/2025” tanlovida ishtirok etishga taklif etilmoqda.
Online saralashdan o‘tgan jamoalar Respublika bosqichida ishtirok etadi. Ishtirok etish uchun robocontest.uz platformasidan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida universitetga kelib kompyuterlardan foydalanish uchun soat 19:00 dan 22:00 gacha E-o‘quv binosi 102, 202 komputer xonalarida shart-sharoitlar yaratib beriladi. Bundan tashqari, jamoalar onlayn tarzda o‘zlari istagan joydan ishtirok etishlari mumkin.
Quvnoqlar va Zukkolar “Rektor kubogi” festivalida barcha fakultetlardan jamoalarni saralash bahslariga chorlab qolamiz. Jamoalar nizom asosida 2 bosqichda o‘tkaziladigan 3 ta shart bo‘yicha bellashadilar. Har bir bosqichda 4 tadan jamoalar ishtirok etishlari mumkin. Saralash bahslarida 1- va 2-o‘rinni egallagan jamoаlar final bosqichiga yo‘l oladi. Fakultetingiz jamoasiga asos solib, faol ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!