Joriy yilning 23-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida “Central Asia 2019. Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslarining oʻrni” mavzusida XIII xalqaro konferensiya doirasida “Innovatsion rivojlanish uchun ilmiy axborot resurslar”11 – ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Sizni Xo’jayev Otabek Kadambayevichning 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligidagi texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Qaror qabul qilishga ko’maklashsish tizimlari uchun intellektual tahlil dasturiy vositasini ishlab chiqish» mavzusidagi dissertatsiyasi ilmiy seminariga taklif etamiz.
Joriy yilning 7-12 aprel kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari “International Credit Mobility” (KA107) Erasmus+ dasturi doirasida Italiyaga tashrif buyurishdi.
18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Korea Elektronikalar Texnologiya Instituti (KETI) vakillari tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad – TATU hamda KETI o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga
18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Bonch Bruevich nomidagi Sank-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetining magistratura bo’limi direktori Aleksandr Nikolaevich Buchatskiy va universitetgacha tayyorgarlik bo'limi boshlig'i Tatyana Viktorovna Drobina bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 24-26 aprel kunlari Toshkentdagi Yoshlar ijodiyot markazida “Expo-Russia Uzbekistan 2019” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo’lib o’tadi. Ko‘rgazmada ishtirok etishga Rossiyaning eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalari — energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, neft-kimyo va kimyo sanoati, yog‘ochni qayta ishlash, telekommunikatsiya va aloqa, mashinasozlik, metallurgiya, qurilish, tibbiyot va farmatsevtika, ta’lim, bank, xalqaro huquq yo‘nalishidagi ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar taklif etilgan.