Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-sonli «Toshkent shahrida Amiti universitetini tashkil etish toʻg'risida»gi qarorida Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 70 uy manzilidagi binoni 2019/2020 oʻquv yili boshlanguniga qadar rekonstruksiya qilish koʻrsatib oʻtilgan.
Yurtimizning barcha hududlarida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi keng nishonlanmoqda. 8 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida shu munosabat bilan “Alisher Navoiy – mutafakkir, davlat arbobi, shoirlarning sultoni” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Bonch Bruevich nomidagi Sank-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasining “Talabalar media markazi assotsiatsiyasiga” (ACM) a’zo bo’ldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida ijodiy ishlar tanlovini eʼlon qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida ijodiy ishlar tanlovini eʼlon qildi. Mazkur tanlov “Vatan himoyasi - har bir fuqaroning sharafli burchi” mavzusidagi insholar tanlovidir. Oʻzining ijodiy qobiliyatini namoyon qilishni xoxlagan talaba ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) hamda Belarus davlat informatika va radioelektron universiteti (BDIRU) o’rtasidagi memorandumga asosan shu yilning 1-fevralidan universitetimiz professor-o’qituvchilari tajriba almashish o’quv-seminarlarida ishtirok etishmoqda. Ushbu o’quv-seminar jarayoni 28-favralgacha davom etishi rejalashtirilgan.