Joriy yilning 10-11-oktyabr kunlari Kiberxavfsizlik fakulteti dekani Sherzod G‘ulomov Gruziyaning Kavkaz universitetida o‘tkazilgan “Telekommunikatsiya va xavfsizlik” xalqaro konferensiyasida o‘z ma`ruzasi bilan ishtirok etdi. Ushbu nufuzli konferensiyada 30 dan ortiq mamlakatlarning yetakchi universitet va kompaniyalaridan olimlar, shuningdek, soha bo‘yicha taniqli ekspertlar qatnashib, kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Ushbu yangi imkoniyat ayollarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish hamda ular uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan. Zallar zamonaviy trenajyorlar bilan jihozlangan bo‘lib, u yerda har kim o‘ziga mos fitnes dasturini mustaqil ravishda bajara oladi. O‘quvchilar va xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, muntazam jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar mavjud.
Uchrashuvga O‘zbekistondagi birinchi “Focus” xususiy kino maktabi asoschisi M.Musakova, maktab bitiruvchilari, yosh rejissyorlar, xalqaro festivallar g‘oliblari I. Savon, E. Shodmonqulov va A.Batashevlar mehmon sifatida tashrif buyurdilar.
Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad, birinchi tomondan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan soha korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘lsa, ikkinchi tomondan talabalarda amaliyot ko‘nikmalarini hosil qilishlari uchun sharoit yaratib berish, ularni ishlab chiqarish yangiliklari, pochta aloqasi korxonalarida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirish edi.
Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada Manchester universiteti ishlanmalari bilan yaqindan tanishildi.
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan joriy yilning 9-10-oktyabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Cyber security summit CSS 2024” kiberxavfsizlik sammitini doirasida tashkil etilgan CTF (Capture the flag) musobaqalarida “Blue team” va “Red team” yo‘nalishlaridagi har birida 5 nafargacha ishtirokchi mavjud jamoalarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari munosib qatnashishdi va quyidagi natijalarga erishishdi: