Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, joriy yil 14-15 mart kunlari mamlakatimiz boʼylab “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish xayriya hashari boʼlib oʼtadi. Bugun, hasharning birinchi kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Аxborot texnologiyalari universitetida uninversitet professor-oʼqituvchilari, talabalari ishtirokida ham umumxalq hashari oʼtkazildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, TATU rektori Toʼlqin Teshabayev va soha korxona hamda tashkilotlari rahbarlari bilan qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oʻquv va ilmiy ishlar sifatini oshirish hamda xalqaro standartlar darajasiga tenglashtirish boʻyicha xorijiy davlatlar, xususan Yevropa mamlakatlari tajribalarini oʻrganish va taʼlim jarayonlariga qoʻllash ishlari keng koʻlamda amalga oshirilmoqda.
10-12 mart kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “ROBOT.UZ-2020” respublika tanlovi boʼlib oʼtdi.
Joriy yilning 11-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbektelekom AK, Toshkent shahar telefon tarmoqlari filiali oliy toifali va bosh mutaxassislari tomonidan Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor-oʻqituvchilari uchun oʻquv semenari tashkil etildi.
2020-yil 4-mart kuni IT-Park TATU qoshidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi. Mazkur memorandum oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan har ikki tomonning manfaatdorligidan kelib chiqib, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan holda iqtidorli yoshlarni va IT-taʼlimni qoʻllab-quvvatlash ekotizimini yaratishning muhimligini hisobga olgan holda imzolandi.