Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Teleradioeshittirish tizimlari» kafedrasida professori Tohir Rahimov olamdan o‘tganligi munosabati bilan TATU ma'muriyati marhumning oila-a'zolariga, yaqinlariga, shogirtlariga chuqur ta'ziya bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqeadir. 2017 yildan buyon anʼanaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar eʼlon qilinadi.
Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Urganch filiali dekan muovini G‘.Ahmedov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i A.Saparboyev, filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Jumaniyozov "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati" ni keng aholiga yetkazish maqsadida maʼruza qildilar.
15 yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” nomli tantanali tadbir tashkil etildi.
2021 yilning 15-25 yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bugun 14-yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti barcha yurtdoshlarimiz va harbiylarni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.