Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov hamda Janubiy Koreyaning KOOKMIN universiteti prezidenti Hong Jae Yim universitetlar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish yuzasizdan Anglashuv Memorandumi imzoladilar.
Ushbu seminar “Virtual va kengaytirilgan reallikni rivojlantirish” va “Bulutli texnologiyalar” kompetentsiyalari bo‘yicha o‘quv intensivligi va xalqaro startap laboratoriyalari ta’lim amaliyotlari va ilmiy ishlanmalar almashinuvi yo‘nalishida universitetlar bilan tarmoq hamkorligini shakllantirishga qaratilgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari KOICA agentligi bosh ofisiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida agentlikning Yevrosiya bo'yicha direktori JO, Haeng Lan bilan muzokara o'tkazildi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida “HR Analytics” amaliyotini tatbiq etish istiqbollarini o‘rganish va ish jarayonida HR tahlilidan foydalanishning afzalliklari va imkoniyatlari o‘rganilib chiqildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya KOOKMIN universiteti boshqaruvi raisi Jiyong Kim bilan uchrashdi. Boshqaruv raisi ikki universitet o'rtasida amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalariga alohida baho berib, bu har ikki mamlakat oliy ta'lim tizimining globallashuvi va xalqarolashuvi uchun qo'shilayotgan qimmatli hissa ekanligini ta'kidladi.
Eng quvonarlisi O'zbekistonning "Top - 100 lider talabasi" qatorida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Mahmudova Oysaraxon AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti 2-bosqich talabasi, "Almanaxi" jamoasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali 3-bosqich talabasi va Farg'ona viloyati "Kelajak Liderlari" klubi a'zosi Yetmishboyev Shaxzodbek Ma'murjon o'g'li ham o'rin oldi.