Bugun, 27-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining investitsiyalar va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Egamberdiev Jamshid Sharifjonovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida yangi Davlat xususiy sherikchiligi asosida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan tanishdi.
Ushbu jadvallarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-yilda bir nechta mezonlar asosida o'tkazilgan oliy ta'lim muassalarining reytingida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining natijalarini ko'rib o'tish mumkin.
Mazkur tadbirda AQSHning “Jafton” kompaniyasida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali dasturchilar o'zlarining faoliyatlari davomida shu sohada orttirgan bilim va tajribalari, izlanishlari hamda IT sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan o'rtoqlashdilar. O'z navbatida tadbirga kelgan yosh mutaxassislar va talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llanilishi bo‘yicha kerakli tavsiyalar hamda talabalarning mavzuga oid bo‘lgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Yuz nafardan ziyodroq qatnashchilarga o'zbek milliy taomi-palov tortildi. Bir piyola choy ustida bo'lgan samimiy suhbat davomida yoshi ulug' ustozlar duoga qo'l ochib, universitetning keyingi faoliyatiga zafarlar tiladilar.
Bugun tashkil etilgan yangi o‘quv binoning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov boshchiligida Vazirlikning mutasaddi xodimlari, AKT soha korxonalari va tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdilar.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali openbudget.uz portaliga filialda umumiy qiymati 500 000 000 so'mlik mediamarkaz tashkil qilish tashabbusini joylashtirgan va yakunda loyiha g'olib deb topilib, bugungi kunda loyihani amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan.