Yangiliklar

Yunusobod tumanidagi maktablarda IT sohasiga qiziquvchi bitiruvchi-yoshlar uchun Matematika, Fizika va Ingliz tillaridan maxsus bepul mashg'ulotlar bo'lib o'tmoqda.

20-06-2022 | 19:08

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yunusobod tumanidagi maktablarda IT sohasiga qiziquvchi bitiruvchi-yoshlar uchun Matematika, Fizika va Ingliz tillaridan maxsus bepul mashg'ulotlar bo'lib o'tmoqda. Ushbu mashg'ulotlar ikki tilda O'zbek va Rus tillarida olib borilmoqda. Bunday mashg'ulotlar yoshlarni qiziqishini orttirish, kelajakda yoshlar o'z yo'lini topish va yetuk mutaxassislar bo'lib yetishib chiqishiga katta turtki bo'ladi.

Koreya Respublikasining KOOKMIN universitetiga tashrif

20-06-2022 | 16:37

Tomonlar dastlab amaliy doirada uchrashib, KOICA agentligi grant mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning amalga oshirilish bosqichlari va qilinadigan ishlar haqida muhokama o‘tkazdilar. So'ngra mehmonlarga KOOKMIN universitetida ta’lim va tadqiqotlarni amalga oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, innovatsiya va ishlab chiqarish zonalari tanishtirildi.

“BALLI YIGITLAR” BELLASHUVI O‘ZGACHA KO‘RINISHDA BO‘LIB O‘TDI

20-06-2022 | 15:07

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarini intellektual salohiyati, huquqiy va ma’naviy savodxonligi, zukkoligi va epchilligini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Balli yigitlar” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

"Why it is important to learn foreign languages" videoroliklar tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

20-06-2022 | 15:05

Chet tillar kafedrasining 2021-2022 o’quv yilida “Yoshlar o’rtasida xorijiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan forum, konferensiya, ko’ngilochar tadbirlar va seminar treninglar tashkil etish” bo'yicha ishlab chiqqan yo’l xaritasiga muvofiq aprel oyida “Why it is important to learn foreign languages” nomli videoroliklar tanlovi e’lon qilingan edi.

Koreya Respublikasining Seul Kiber Universitetiga tashrif buyurdi

18-06-2022 | 03:34

Muhokamalar chog'ida har ikki universitet rahbarlari masofaviy ta'lim texnologiyalarini joriy etish va bu yo'nalishda hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlari haqida gapirib o'tdilar. Xususan, masofaviy ta'lim asosida qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish, sendvich hamda frenchayzing dasturlarini yo'lga qo'yish takliflari ham ilgari surildi.

“Sud-huquq faoliyatini raqamlashtirishning dolzarb masalalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

16-06-2022 | 18:08

Mazkur konferensiyada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov “Sud va huquqni muhofaza qilish organlari uchun AKT sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida ma’ruza va taqdimot bilan ishtirok etdi.