Yangiliklar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilk bor Xalqaro reytingga kiritildi.

28-04-2022 | 19:21

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti THE Impact Ranking 2022 reytingiga ilk bor kiritildi. Umumiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha TATU dunyoning 1406 ta universitetlari o‘rtasida 1001+ o‘rinda qayd etilgan. Quvonarlisi mazkur reytingda ilk bor ishtirok etishiga qaramasdan Universitet alohida maqsadlar bo‘yicha nisbatan yuqori natijalarni ko‘rsatgan.

Belarus Respublikasining Vitebsk davlat universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

28-04-2022 | 17:09

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Belarus Respublikasining Vitebsk davlat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani va Shirin shahrida joylashgan maktab o'qituvchilariga "Darslarni rejalashtirish", "Dars maqsadlarini to'g'ri belgilash" hamda "Darsda mashq va topshiriqlar ketma-ketligi" mavzularida o'quv-mashg'ulotlari boshlandi.

28-04-2022 | 15:24

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan Sirdaryo viloyati Boyovut tumani va Shirin shahrida joylashgan maktab o'qituvchilariga "Darslarni rejalashtirish", "Dars maqsadlarini to'g'ri belgilash" hamda "Darsda mashq va topshiriqlar ketma-ketligi" mavzularida o'quv-mashg'ulotlari boshlandi.

"Kasperskiy" laboratoriyasining Rivojlantirish bo‘yicha direktori Andrey Suvorov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

28-04-2022 | 10:50

Uchrashuvda Kiberxavfsizlik sohasida kompaniya tomonidan ishlab chiqilib tijoratlashtirilgan xizmatlar va mahsulotlar tanishtirilib, ularning ishlab chiqilish prinsiplari, ilmiy yondashuvlari va amaliy yechimlari haqida ta’kidlab o‘tildi. Mehmonlarga universitetning Kiberxavfsizlik fakulteti negizida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalar va talabalarning innovatsion ishlanmalari haqida tanishtirildi.

Huawei Technologies (Russia) kompaniyasining Standartlash va Sanoatni rivojlantirish direksiyasi tashrif buyurdi

28-04-2022 | 09:55

Uchrashuv qizg‘in ruhda kechib, tomonlar IT sohasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ularni intellektual mulk sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari haqida fikr almashildi. Muhokamalar davomida IT sohasining zamonaviy tarmoqlari: sun’iy intellekt, robototexnika, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va shu kabi yo‘nalishlarda ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo'yish kelishib olindi.

“INNOPROM” ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan tadbir

28-04-2022 | 09:43

Toshkent shahrida "INNOPROM” Xalqaro sanoat ko‘rgazmasining 27-apreldagi tadbirlari doirasida talabalar va yosh mutaxassislar uchun “INNOPROM UNIVERSITETI” deb nomlangan maxsus taʼlim sessiyalari o‘tkazildi.