Joriy yilning 3-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Musa Riskulbekov nomidagi Qirgʻiziston iqtisodiyot universiteti (KEU)ning 24 kishidan iborat talabalar va ularning koordinatorlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
💬 Ushbu seminar-treningda O‘zbekistondagi yetakchi OTMlaridan 30dan ortiq olimlar ishtirok etishdi hamda zamonaviy texnologiyalarni turli sohalarga joriy etish, IT texnologiyalarini qo‘llash, sun’iy intellektdan muvafaqqiyatli foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.
💬 Tashrif davomida ikki universitet o’rtasida ta'lim integratsiyasi bilan bog'liq hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, akademik mobillik hamda ilmiy yo’nalishlarda faol mexanizmga asosan faoliyat olib borish, shuningdek, "Biznes analitika va moliyaviy rivojlantirish" ta'lim yo'nalishida 2+2 dasturini yo'lga qo'yish, magistraturada 1+1 dasturini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
🏆 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishda qo‘shgan hissasi, samarali mehnati uchun vazirlik nomidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori va universitet jamoasini vazirlikning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi, musobaqa tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdi.
Tadbir oxirida xorijiy mutaxassislar joriy yilda sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “ICTWeek-2024” AKT haftaligiga taklif qilindi.
TATU Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri Raximov Mexriddin Fazliddinovich Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi “AKT sohasida kadrlar malakasini oshirish” grant dasturi doirasida Yaponiyaning Okinava JICA va Fujitsu Co.Ltd. xalqaro markazida qariyb besh oy davom etgan trening kursini muvaffaqiyatli yakunladi.