Yangiliklar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti, Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasining navbatdagi ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi

13-10-2022 | 18:29

Seminarni kafedra mudiri B. Mo‘minov olib bordi. Unda mazkur kafedra dotsenti A. Xamroyev va tayanch doktorant U. G'iyosovlar «Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usul va algoritmlari» mavzusi doirasida o‘z ilmiy-tadqiqotlari natijalari bo'yicha ma‘ruza qildilar. Seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrant va talabalar ishtirok etdilar.

Erasmus+ "NICOPA: Raqamli qishloq xo‘jaligi uchun yangi va innovatsion kurslar"

13-10-2022 | 10:42

Joriy yilning 10-14-oktabr kunlari Erasmus+ "NICOPA: Raqamli qishloq xo'jaligi uchun yangi va innovatsion kurslar" loyihasi doirasida Saken Seyfullin nomidagi Qozoq Agrotexnika Universitetida "Raqamli qishloq xo'jaligini rivojlantirishda navigatsiya tizimini qo'llashning ahamiyati" mavzusida "Kuzgi maktab" hamda yakuniy konferensiya bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yevropa ittifoqi Erasmus+ dasturi bo‘yicha “ HIEDTEC ” loyihasining 9-uchrashuvi boʻlib oʻtdi

12-10-2022 | 20:39

 Loyiha hamkorlari Bolgariya, Italiya, Lyuksemburg va Portugaliyadan 4 ta universitet hamda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan 15 ta universitet, shuningdek, tegishli mamlakatlardagi taʼlim va fan vazirliklari hisoblanadi. Loyiha oʻquv jarayoniga axborot texnologiyalariga asoslangan innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etish va faol qoʻllash orqali raqamli avlodning ilg‘or taʼlim tizimiga moslashtirishga asoslanadi.

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi.

12-10-2022 | 19:08

“Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish” reja – jadvaliga muvofiq rektor tomonidan tashkil etilayotgan qabullardan ko‘zlangan asosiy maqsad, jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashish va murojaatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan masalalarni joyida ijobiy hal qilishdan iborat.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" deb e'lon qilingan.

12-10-2022 | 12:45

Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin qizlar kengashi tomonidan talaba-qizlar o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha fakultetlar kesimida musobaqa o'tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari boʻyicha maslahatchisi Raximov Bobur Kamolovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.

11-10-2022 | 22:26

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari boʻyicha maslahatchisi Raximov Bobur Kamolovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.