Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirishning yangi tartibi tasdiqlandi

  • Home
  • Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirishning yangi tartibi tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qarori bilan “Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi.

 Unga ko‘ra, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish uchun hujjat topshirganda, ularning chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlari inobatga olinadi hamda talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

O‘qishni ko‘chirish uchun ariza qanday topshiriladi?
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz);
 Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus platformasi orqali (my.uzbmb.uz);
 Davlat xizmatlari markazlari orqali.


Muddatlar:
Ariza topshirish — har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha;
 Arizalarni ko‘rib chiqish — har yili 15-iyuldan 6-avgustgacha;
 Imtihonlar — har yili avgust oyi davomida o‘tkaziladi.


To‘lov miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari (0,5 BHM).

Qo‘shimcha imtiyozlar: mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan, chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Natijalarni olish: imtihon natijalari my.uzbmb.uz platformasi orqali sinovlar yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi.