Xalqaro yozgi maktab – 2026” dasturi doirasida Tailandning Walailak universiteti talabalari uchun maxsus Campus Tour tashkil etildi.

  • Home
  • Xalqaro yozgi maktab – 2026” dasturi doirasida Tailandning Walailak universiteti talabalari uchun maxsus Campus Tour tashkil etildi.

 

Universitetimizda bo‘lib o‘tayotgan “Xalqaro yozgi maktab – 2026” dasturi doirasida Tailandning Walailak universiteti talabalari uchun maxsus Campus Tour tashkil etildi.

Tashrif davomida Walailak universiteti talabalari universitetimizning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy markazlari, oliy muhandislik maktabi, Living Lab hamda FabLab, o‘quv media markazi, inkubatsiya markazi, zamonaviy kutubxona va boshqa innovatsion laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar.

☑️ Talabalarga laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, startap loyihalar, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

👍 Mazkur dastur xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda talabalar uchun yangi bilim va imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.