TATU jamoasi — Talabalar ligasida guruh bosqichini mukammal natija bilan yakunladi!

  • Home
  • TATU jamoasi — Talabalar ligasida guruh bosqichini mukammal natija bilan yakunladi!

TATU jamoasi — Talabalar ligasida guruh bosqichini mukammal natija bilan yakunladi!

💻 “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining hududiy bosqichi doirasida futbol bahslari yuqori ruhda davom etmoqda.

⚽️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi o‘zining tezkor o‘yini, aniq uzatmalari va puxta jamoaviy harakatlari bilan har bir uchrashuvda ustunlikni qo‘lga kiritib kelmoqda.

🏆 Oxirgi turda jamoamiz Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti jamoasiga qarshi bahs olib borib, 5:3 hisobidagi ishonchli g‘alaba qozonib, guruh bosqichini 100% natija bilan yakunladi hamda keyingi 1/8-final bosqichiga yo‘l oldi.

📍 Mazkur uchrashuv Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti maydonida o‘tkazildi.
🔥 Jamoamizning jipsligi, qat’iyati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi har bir o‘yinda yaqqol namoyon bo‘lib, tomoshabinlarga unutilmas sport lahzalarini taqdim etmoqda.

👏 Talabalarimizni yorqin natija bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!