“Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli davom etmoqda!

  • Home
  • “Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli davom etmoqda!

“Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli davom etmoqda!

Agar sizning ishlanmangiz ertangi kunni o‘zgartira olsa — uni faqat g‘oya sifatida qoldirmang. Uni rivojlantiring, sinovdan o‘tkazing va dunyoning yetakchi muhandislik tashkilotlarida stajirovka o‘tab, xalqaro darajaga olib chiqing.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

✅20–40 yosh oralig‘idagi yoshlar
✅Muhandislik yo‘nalishida bilim va amaliy ko‘nikmaga ega nomzodlar
✅ Bakalavr, magistratura talabalari hamda professor-o‘qituvchilar



Asosiy talablar:

✅ Istiqbolli muhandislik ishlanmasi (g‘oya, loyiha yoki ixtiro) muallifi bo‘lish;
✅Xorijiy tilni (ingliz yoki qabul qiluvchi davlat tili) yetarli darajada bilish;
✅Aniq maqsad va reja bilan stajirovkada ishtirok etishga tayyor bo‘lish.



Qanday ishlanmalar qabul qilinadi?

✅ Dolzarb va amaliy ahamiyatga ega;
✅Innovatsion yechimlarni o‘z ichiga olgan;
✅Texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan;
✅Tijoratlashtirish va rivojlantirish imkoniyatiga ega loyihalar



📩 Hujjatlaringizni topshirishga shoshiling! Ariza topshirish muddati - 20-maygacha!

Kelajak muhandisi bo‘lish sari ilk qadamni bugun qo‘ying!

Batafsil: muhandis.edu.uz

Murojaat uchun:
+998502106338