“AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakulteti “Elektron tijorat” yo‘nalishi 4-kurs bakalavr talabalari o‘z bitiruv ishlarini O‘zbektelecom AKda himoya qildilar.

  • Home
  • “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakulteti “Elektron tijorat” yo‘nalishi 4-kurs bakalavr talabalari o‘z bitiruv ishlarini O‘zbektelecom AKda himoya qildilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlik dissertatsiya himoyalari ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bazasida yuqori saviyada tashkil etildi

♻️ Jumladan, “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakulteti “Elektron tijorat” yo‘nalishi 4-kurs bakalavr talabalari o‘z bitiruv ishlarini O‘zbektelecom AKda himoya qildilar.

♻️ Shuningdek, “Raqamli iqtisodiyot” mutaxassisligi magistrantlarining dissertatsiya himoyalari IT Parkda zamonaviy va innovatsion muhitda, soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazildi.

☝️ Himoya jarayonlarida talabalar o‘zlarining ilmiy-amaliy ishlari, innovatsion g‘oyalari hamda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va zamonaviy boshqaruv tizimlariga oid dolzarb loyihalarini taqdim etdilar.

❗ Jarayonlarda professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda soha mutaxassislari ham ishtirok etib, ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va tavsiyalarini bildirdilar.

➖ Bitiruv va magistrlik ishlari ishlab chiqarish hamda soha korxonalari bilan integratsiyalashgan holda amalga oshirildi. Ayrim loyihalar doirasida amaliy dasturiy yechimlar ham ishlab chiqildi.

👍 Davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan ishlarning dolzarbligi, ilmiy asoslanganligi hamda amaliy ahamiyati alohida e’tirof etildi.

👏 Barcha bitiruvchi talabalarimizni muvaffaqiyatli himoyalar bilan tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!