Tozalik va obodonlashtirish xizmati bo‘limi boshlig‘i:
Volkova Tomara
Qabul vaqti: Seshanba – Payshanba (14:00-16:00)
Telefon: (+99871) 238-64-87
E-mail: t.volkova@tuit.uz
Bo‘lim vazifa va majburiyatlari etib quyidagilar belgilangan:
- O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish;
- Hovli supuruvchi xizmat ko‘rsatish xodimlar tarkibiga kirib, texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i tavsiyasiga ko‘ra rektor buyrug‘iga binoan ishga qabul qilinadi va vazifasidan ozod etiladi. Hovli supuruvchi bo‘lim boshlig‘iga va bino komendantiga bo‘ysunadi.
- Hovli supuruvchi o‘ziga biriktirilgan xudularni kunlik va belgilangan grafik bo‘yicha o‘z vaqtida tozalaydi hamda universitet jihozlarining tozaligini ta’minlaydi va aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘iga yoki komendantga xabar beradi.
- O‘ziga biriktirilgan xududni kunlik va belgilangan grafik bo‘yicha o‘z vaqtida tozalaydi;
- Universitet atrofidagi dov-daraxtlar, o‘simliklar, shox-shabbalardan paydo bo‘layotgan chiqindilarni o‘z vaqtida bartaraf etishni ta’minlaydi.
- Xizmat davomida yong‘in xavfsizligi, sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilish;
- Universitet Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Kengash qarorlari, rektor buyruqlariga rioya etish.
- Hovli supuruvchi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida bo‘lim boshlig‘i va komendantdan uslubiy yordam ko‘rsatishni talab qilish huquqiga ega.
- Texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish;
- Bog‘bon obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, universitet hududidagi daraxtlar, gullarni parvarishlash va ularni chidamli va ko‘p yillik turlarini ko‘paytirib borish, shuningdek, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan saqlash qoidalari hamda me’yorlarini bilishi;
- Universitet hududida o‘ziga biriktirilgan hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish;
- O‘ziga biriktirilgan hududdagi o‘t-o‘lanlarni o‘z vaqtida o‘rib borish hamda yashil maydon tozaligini ta’minlash;
- O‘ziga biriktirilgan hududdagi manzarali, mevali daraxtlar, mavsumiy va boshqa gul ko‘chatlarini ekish, ularga shakl berish, ularni doimiy parvarishlash hamda sug‘orib borish;
- Xizmat boshlig‘i tomonidan obodonlashtirishga doir taqsimlab berilgan vazifalarni vijdonan bajarish hamda rotatsiya sababli unga biriktirilgan hudud boshqasiga o‘zgargartirilganda yo‘riqnomaga muvofiq mehnat faoliyatini davom ettirish.