Texnologiyalar transferi, inkubatsiya va akseleratsiya bo‘limi

  • Asosiy
  • Texnologiyalar transferi, inkubatsiya va akseleratsiya bo‘limi

Texnologiyalar transferi, inkubatsiya va akseleratsiya bo‘lim boshlig‘i:

Qodirov Zarif Zafarovich

Qabul vaqti: Seshanba–Juma (9-00 - 18-00 gacha)
Telefon: (+99871) 238-65-81

Texnologiyalar transferi, inkubatsiya va akseleratsiya bo‘limining vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Ilmiy-tadqiqot loyihalarni sonini oshirish, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish va ilmiy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish  masalalari;
  • Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan fundamental, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni yuritish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy hujjatlarni, jumladan, safar bilan bog‘liq, kadrlarni loyihalarga, vaqtinchalik ijodiy guruhlarga taklif etilgan xodimlarni ishga olish va bo‘shatish hujjatlarini rasmiylashtirish, loyihalar smetalarini amaldagi tartiblar bo‘yicha tuzish va mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qilish, loyihalar bo‘yicha hisobotlar monitoringini yuritish va yuqori tashkilotlarga hisobot tayyorlab berish;
  • Loyihalar bo‘yicha Vazirliklar oldida hisobotini uyushtirish, Vazirliklar tomonidan e’lon qilinadigan tanlovlarni professor-o‘qituvchilar e’tiboriga yetkazish, tashabbuskor loyihalarni saralash;
  • 4. Respublika va Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkillashtirish va Universitet Ilmiy texnik kengashiga olib chiqish kabi faoliyat bilan shug‘ullanib keladi
  • Universitetning ilmiy ishlari va ilmiy tadqiqot tashkilotlari tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish;
  • Innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish, hududlar va tarmoqlar darajasida innovatsion rivojlanish va innovatsion faollik kompleks dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish, innovatsion faol tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash;
  • Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlarni taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish;
  • Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida xalqaro hamkorlik va investitsiyalar jalb etish;
  • Universitet ilmiy-texnik hamda o‘quv-uslubiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish va ularni rivojlantirish;
  • Fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental, amaliy, innovatsion, xorijiy, yosh olimlar va startap hamda xo‘jalik shartnoma asosida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarni bajarish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilarini jalb etish.
  • Markazda bajarilgan e’tiborga molik ishlar boʻyicha universitet vebsaytiga doimiy ma’lumot kiritib borish.