Yangiliklar

“YANGI OʻZBEKISTON VA BARQAROR KONSTITUTSIYAVIY TARAQQIYOT”

08-12-2020 | 00:45

7-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligiga bagʻishlab, “Yangi Oʻzbekiston va barqaror konstitutsiyaviy taraqqiyot” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti B.Boboyorov maʼruza qildi.   

TATU hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻrtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

05-12-2020 | 14:49

Yunusobod tumanidagi 250-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 2020-yil 3-dekabr kuni kafedra mudiri, professor I.X. Siddikov boshchiligida kafedra aʼzolaridan dotsent Sattarov X.A., assistent Saidova G.E. va kafedra doktoranti Xasanov D. lar tashrif buyurdi.

TATUda Oracle kompaniyasi vakillari ishtirokida “Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari Oracle APEX, Oracle Cloud, Java Fundamentals” onlayn darslar tashkil etildi

05-12-2020 | 13:18

Joriy yilning 1-noyabridan boshlab Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Oracle Akademiyasi bilan hamkorlikda “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari Oracle APEX, Oracle Cloud, Java Fundamentals” onlayn darslari tashkil etildi.

“Deputat va yoshlar” shiori ostidagi davra suhbati o‘tkazildi

05-12-2020 | 13:01

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter injiniringi” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va unga kiritilgan o‘zgartirishlar” mavzusida bilan o‘tkazilgan “Deputat va yoshlar” shiori ostidagi davra suhbati o‘tkazil

"TIL BILIMDONI" tanlovi

05-12-2020 | 12:34

Tanlov shartlari: Har bir ishtirokchi o’zbek tili imlosiga oid bitta savolni 4ta javob varianti bilan birga test shaklida @TilBilimdoni manziliga o'qish(ish) joyi va ism-familiyasini ko'rsatgan holda yuboradi; Barcha testlar @TilBilimdonlari sahifasiga joylab boriladi; Qabul 20-dekabr kuni 23:59 ga qadar davom etadi.

TATU va maktablar hamkorligi kengaymoqda

04-12-2020 | 18:55

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qarori asosida maktablarda o‘qitish sifatini yana-da oshirish, bitiruvchilarni OTMlarga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida respublikadagi oliy taʼlim muassasalari maktablar bilan hamkorlik o‘rnatmoqda.