Yangiliklar

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida TATU talabalari taʼtilga chiqariladi

16-03-2020 | 12:35

Joriy yilning 15-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va taʼlim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash yuzasidan respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2020-yil 16-martdan oʻqish toʻxtatilib, oʻquvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) taʼtilga chiqarilishi maʼlum qilindi.

Hashar-elga yarashar!

14-03-2020 | 15:17

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, joriy yil 14-15 mart kunlari mamlakatimiz boʼylab “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish xayriya hashari boʼlib oʼtadi. Bugun, hasharning birinchi kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Аxborot texnologiyalari universitetida uninversitet professor-oʼqituvchilari, talabalari ishtirokida ham umumxalq hashari oʼtkazildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov TATU Urganch filiali talabalari bilan uchrashdi

13-03-2020 | 14:38

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, TATU rektori Toʼlqin Teshabayev va soha korxona hamda tashkilotlari rahbarlari bilan qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TATUda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishini moderinizatsiya qilish xalqaro loyihasi oʻz faoliyatini boshladi

13-03-2020 | 11:53

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oʻquv va ilmiy ishlar sifatini oshirish hamda xalqaro standartlar darajasiga tenglashtirish boʻyicha xorijiy davlatlar, xususan Yevropa mamlakatlari tajribalarini oʻrganish va taʼlim jarayonlariga qoʻllash ishlari keng koʻlamda amalga oshirilmoqda.

TATU talabalari “Robot.uz-2020” respublika tanlovi gʼolibi boʼlishdi

12-03-2020 | 15:10

10-12 mart kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “ROBOT.UZ-2020” respublika tanlovi boʼlib oʼtdi.

GPON texnologiyasi asosida telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish usullari toʻgʻrisida oʻquv semenari tashkil etildi

12-03-2020 | 14:15

Joriy yilning 11-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbektelekom AK, Toshkent shahar telefon tarmoqlari filiali oliy toifali va bosh mutaxassislari tomonidan Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor-oʻqituvchilari uchun oʻquv semenari tashkil etildi.