Yangiliklar

5-6 mart kunlari o'tkazilgan ilmiy-texnik anjumanning to'plami(PDF)

08-05-2020 | 22:28

2020 yil 5-6 mart kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “IQTISODIYOTNING TARMOQLARINI INNOVATSION RIVOJLANISHIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI” mavzuidagi Respublika ilmiy-texnik anjumanini o‘tkazadi.

Bayram muborak, Aloqachilar!

07-05-2020 | 02:28

Bugun, 7 – may "Aloqachilar kasb bayrami kuni" sifatida keng nishonlaniladi!

SARDOBA, BIZ SEN BILAN!

04-05-2020 | 22:41

Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborida yuz bergan favqulodda holat tufaydi sardobalik hamyurtlarimiz ancha qiyin vaziyatga tushib qoldi. Bunday vaqtda hamyurtlarimizga ijtimoiy ko‘mak, shuningdek, cheksiz mehr, dalda zarur.

Diqqat!! Dasturlash bo‘yicha onlayn olimpiada!

04-05-2020 | 17:44

Universitet talabalari o‘rtasida iqtidorli talabalarni dastlabki kurslardanoq aniqlash, ularning iqtidori va qobiliyatini rivojlantirish va ilmiy faoliyatga yo‘naltirish maqsadida Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi va Informatika asoslari kafedrasi tomonidan TATU 1-2 kurs talabalari o‘rtasida dasturlashtirish bo‘yicha 7 may kuni onlayn olimpiada o‘tkaziladi.

TATU talabalari o'rtasida o'tkazilgan "Kitobxon talaba" tanlovi g'oliblari aniqlandi!

27-04-2020 | 23:21

Talaba-yoshlarning karantin davridagi  bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va ular o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari o‘rtasida “Kitobxon talaba” tanlovi o‘tkazildi.

Talabalar uchun vazirlik o‘quv platformalaridan foydalanish bepul bo‘ldi

24-04-2020 | 16:04

Barcha OTMlarning masofaviy o‘qitish platformalari vazirlikning https://dist.edu.uz/ yagona portaliga birlashtirildi. Yaʼni oliy taʼlim muassasalarining masofaviy taʼlim platformalariga o‘tish yagona portali orqali amalga oshiriladi. Bu esa OTMlar o‘rtasida resurslardan hamkorlikda foydalanish imkonini berdi.