Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida ijodiy ishlar tanlovini eʼlon qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida ijodiy ishlar tanlovini eʼlon qildi. Mazkur tanlov “Vatan himoyasi - har bir fuqaroning sharafli burchi” mavzusidagi insholar tanlovidir. Oʻzining ijodiy qobiliyatini namoyon qilishni xoxlagan talaba ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) hamda Belarus davlat informatika va radioelektron universiteti (BDIRU) o’rtasidagi memorandumga asosan shu yilning 1-fevralidan universitetimiz professor-o’qituvchilari tajriba almashish o’quv-seminarlarida ishtirok etishmoqda. Ushbu o’quv-seminar jarayoni 28-favralgacha davom etishi rejalashtirilgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQSHning Webster universiteti (Webster University, George Herbert Walker School of Business and Technology) Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yoʻnalishi) oʻquv dasturi asosida “Loyihalarni boshqarish” yoʻnalishiga talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini maʼlum qiladi.
2019 yilning 4 fevralidan 15 fevraligacha qadar “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direksiyasi tashabbusi bilan “ROBO CODERS 2019“ yosh dasturchilar tanlovi oʻtkaziladi. Mazkur tanlovda yosh dasturchilar bir-biri bilan koʻnikma va bilim darajalarida raqobatlashish, avtomatlashtirilgan mashinalar yaratish uchun kod yozish orqali o'zlarining bilim va koʻnikmalarini oshiradilar.
5-fevral kuni Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi mutaxassis hodimlari va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti toʻrtinchi bosqich talabalari oʻrtasida talaba yoshlarni ichki ishlar organlarida mehnat faoliyatiga jalb qilish, ularni yosh mutaxassislarga vazirlik tizimidagi tashkilotlarda yaratilgan sharoitlar bilan tanitirishga qaratilgan uchrashuv-ochiq muloqot oʻtkazildi.