Ushbu nufuzli musobaqada TATU dan terma jamoa rahbari sifatida Z.Qodirov jalb qilingan, hamda terma jamoaga universitetimiz talabasi M.Teshabayev sardorlik qilmoqda.
Mazkur forum doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Turkiya davlatining Firat universiteti o’rtasida professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish, o‘zaro o‘quv hamda seminarlar tashkil etish, birgalikda ta’lim sifatini oshirish, stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni yo’lga qo’yishni nazarda tutgan hamkorlik shartnomalar imzolandi.
27-sentyabr kuni Istanbul shahrida Turkiya—Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Forumda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM rahbarlari ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda universitet bitiruvchilarini kompaniyada amaliyot/stajirovka o‘tash imkoniyatlari, yuqori daromadli doimiy ish bilan ta’minlash, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida universitetda seminar-treninglar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.
Yoshi ulug‘ ustozlarimizning hayotiy va kasbiy faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklari, ilm yo‘lidagi mashaqqatlarini, hurmat-ehtiromga ega bo‘lishlari uchun qanday yo‘llarni bosib o‘tganliklari haqida so‘z bordi.
TTJda yashovchi talaba-qizlar bilan o‘tkazilgan psixologik treningning asosiy mazmuni keskinlikni bartaraf etish va jamoani birlashtirish, oʻz-oʻzini anglashga qaratilgan psixotexnik mashqlardan tarkib topdi. Mashg‘ulotnining maqsadi, talabalarga oʻzlarining kuchli jihatlarini yaxshiroq anglashga, oʻz-oʻzini hurmat qilishni rivojlantirishga, ishonchsizlik va qoʻrquvni yengishga yordam berish, shu bilan bir qatorda, faoliyat davomida oʻzining xatti-harakatlarini muvaffaqiyatli tarzda toʻliq angl