Yangiliklar

“Talabalarim oldida uyalib qolmaslik uchun til o`rgandim” – 67 yoshida ingliz tilidan Б2 darajasini olgan otaxon

Menu | 14-08-2024 | 09:49

Abdug`ofur Hotamov TATUning Samarqand filialida dars beradi. U 10 oy davomida o`qib, ingliz tilidan Б2 sertifikatini olgan. “Ko`plab axborot texnologiyalariga aloqador terminlar ingliz tilida, talabalarning oldida uyalib qolmaslik uchun ingliz tili kursiga qatnay boshladim”, - deydi u Кун.узъga bergan intervyusida. Abdug`ofur ota kuniga 2-3 soat ingliz tili bilan mustaqil shug`ullanganini aytadi.

Oʻzbekistonning 2 ta terma jamoasi Almata shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasining yarim finalida ishtirok etib qaytishdi.

Menu | 14-08-2024 | 09:43

Bunda BAA va Qozoqiston terma jamoalarini ortda qoldirib g‘alaba bilan qaytishdi hamda Gretsiyada bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Hindistonning Bankirlar qishloq taraqqiyoti institutida TATU professor-o‘qituvchisi malaka oshirdi

Menu | 14-08-2024 | 09:40

Joriy yilning 5-9-avgust kunlari Kiberxavfsizlik fakulteti dekani Sherzod G‘ulomov Hindistonning Bankirlar qishloq taraqqiyoti institutida “Tashkilot va muassasalarda boshqaruvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” kursi bo‘yicha malaka oshirdi. Ushbu kursda qatnashishdan asosiy maqsad tashkilot va muassasalarda boshqaruvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati va ahamiyatini belgilash, jamoa bilan ishlash elementlarini aniqlash, shuningdek, tashkilot va muassasalarda mojarolarni hal qilis

Qo‘llanma: Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun onlayn ariza topshirish

Menu | 13-08-2024 | 14:18

O‘zbekistonda 2024-yildan davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirishi mumkin bo‘ladi. “Gazeta.uz” ular uchun Yagona portal orqali ariza topshirish yo‘riqnomasini tayyorladi.

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan “Seeds for the Future 2024” mintaqaviy loyihasiga start berildi

Menu | 13-08-2024 | 11:49

Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-Parkda bo'lib o'tayotgan “Seeds for the Future” yetakchi taʼlim dasturida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 14 davlatidan 150 nafar talaba, 14 nafar oʻqituvchi va akademiklar ishtirok etmoqda. Ular orasida Toshkent Аxborot Texnologiyalari Universiteti bitiruvchisi Nuriddin Samatov ham Plenar sessiyada o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Joriy yilning 12-avgust sanasida 🇯🇵 Yaponiya davlatining yirik kompaniyalari rahbarlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialida bo‘lishdi.

Menu | 13-08-2024 | 11:45

✈️ Tashrif davomida mehmonlar filialning o‘quv va ilmiy faoliyati, innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishib, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashdilar. Ular filialda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlarini yuqori baholab, yosh mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.