Yangiliklar

TATU talabalari "K-Lab Idea Hackathon" da "Study Track" nomli loyiha bilan g‘olib bo‘lishdi!

Menu | 15-09-2024 | 13:08

Yaqinda bo‘lib o‘tgan, mukofot jamg‘armasi 50 million so‘mga teng bo‘lgan "K-Lab Idea Hackathon" tanlovida Toshkent аxborot texnologiyalari universiteti talabalari o‘zlarining innovatsion "Study Track" loyihasi bilan katta muvaffaqiyatga erishdi. Hakatonda 90 dan ortiq jamoa va 30 dan ziyod oliy ta’lim muassasalaridan talabalar ishtirok etdi.

ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Menu | 15-09-2024 | 13:07

17-20-sentabr kuni Toshkent shahridagi CAEx majmuasida bo‘lib o‘tadigan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbir ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligiga tashrif buyuruvchilar uchun 4 kun davomida shaharning turli nuqtalaridan bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda O‘zbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Qatarning Doha fan va texnologiya universiteti (UDST)ga tashrif buyurdi.

Menu | 15-09-2024 | 13:05

Uchrashuvda Doha fan va texnologiya universiteti (UDST) asosiy e’tibor OTMlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qaratildi, munozaralar markazida qo‘shma tadqiqot tashabbuslari, akademik almashinuv dasturlari va innovatsion ta’lim o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Bir qator universitet rektorlari hamda Qatardagi elchisi Ashraf Xo‘jayev  boshchiligidagi delegatsiya Qatar fan va texnologiyalar parki (Qatar Science & Technology Park)ga tashrif buyurdi.

Menu | 15-09-2024 | 12:56

Joriy yilning 11-sentyabr kuni O'zbekistonning yetakchi oliy ta'lim muassasalari, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektorlari hamda O‘zbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xo'jayev  boshchiligidagi delegatsiya Qatar fan va texnologiyalar parki (Qatar Science & Technology Park)ga tashrif buyurdi.

12- sentyabr kuni universitetimizda xalqimizning o‘tmishi, qadimiy urf-odatlari, an’analari, estetik qarashlari va o‘ziga xos xususiyatlarini mujassam qilgan milliy liboslarimizdan bo'lmish "XON ATLAS" festivali bo‘lib o‘tdi.

Menu | 13-09-2024 | 09:49

Festival munosabati bilan e’lon qilingan tanlov g‘oliblari o ‘zlarining milliylikni kreativ tarzda targ ‘ib qilgan chellenjlari va yaratgan fleshmoblari uchun munosib taqdirlandilar.

IT-sohasiga qiziqqan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv qanday o‘tdi?

Menu | 13-09-2024 | 09:46

TATU universitetida IT-sohasiga qiziqqan xotin-qizlar uchun navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir bir nechta asosiy mavzularga bag‘ishlandi.