Uchrashuv davomida Britaniya kengashi hamda TATU o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xususan, talabalar va professor-o'qituvchilarni ingliz tili bo'yicha bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamlash, Native English Speaker ingliz tili o'qituvchilarni universitetga taklif etish, undan tashqari "Creative Spark" va boshqa loyihalarda universitet ishtirokini ta'minlash, shu bilan birga IELTS test imtihonlarini o'tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbarining joriy yilning 6 - noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni taʼlim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy taʼlim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Professor Russel Mcmohanning faoliyati davomida universitetga qo‘shgan hissasi, xususan, ABET akkreditatsiyasi bo‘yicha tashkil etgan seminarlari, universitetning xalqaro akkreditatsiyalar bo‘yicha ishchi guruhi bilan amalga oshirgan ishlariga alohida minnatdorchilik bildirdi.
Loyihani amalga oshirish natijasi “Yaxshi” (“Good”) bahoga baholandi. Loyihada Polshaning Gdansk texnika universiteti koordinator, Avstriyaning Klagenfurt universiteti, Slovakiyaning Zilina universitetilari, O‘zbekistondan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti loyihaning milliy koordinatori, Toshkent davlat texnika universiteti, Jizzax politexnika instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Termiz davlat universitetlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari ishtirokida "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi yuzasidan "Mening Konstitutsiyam - baxtimiz kafolati" shiori ostida davra suhbati o'tkazildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivalida faol ishtirok etishdi.